Xitoylik ayol ko‘z qovoqlari operatsiyasi sabab 6 yildan beri ko‘zlari ochiq holda uxlayapti

Xitoylik ayol ko‘z qovoqlari operatsiyasi sabab 6 yildan beri ko‘zlari ochiq holda uxlayapti

Xitoyda yashovchi Van familiyali ayol muvaffaqiyatsiz plastik jarrohlik amaliyotidan so‘ng bir necha yildan buyon jiddiy asoratlar bilan yashab kelmoqda. Uning so‘zlariga ko‘ra, ko‘z qovoqlariga qilingan operatsiya og‘ir oqibatlarga olib kelib, nogironlik holatini keltirib chiqargan.

South China Morning Post nashri ma’lumotiga ko‘ra, asoratlar muolajadan so‘ng darhol boshlangan: kuchli og‘riq, ko‘z qovoqlarining tashqi tomonga burilishi va ko‘z atrofida suyuqlik to‘planishi kuzatilgan. Ayol tezda shifoxonaga yetkazilgan. Tekshiruvlar davomida operatsiyada ko‘z yoshi bezlariga shikast yetkazilgani va jarrohlik xatolik bilan amalga oshirilgani aniqlangan.

2022 yilda o‘tkazilgan ekspertiza Vanning holatini 9-darajali nogironlik sifatida tan olgan. Keyinchalik ma’lum bo‘lishicha, operatsiyani bajargan shaxsning tibbiy litsenziyasi bo‘lmagan, klinika esa noqonuniy faoliyat yuritgan.

Ayol klinika va shifokorga qarshi da’vo kiritgan, biroq keyinchalik tomonlar o‘zaro kelishuvga erishgan. Unga ko‘ra, Van 125 ming dollar atrofida kompensatsiya olgan va ayrim shartlarni bajarish majburiyatini olgan. Keyinchalik nizo qayta kuchayib, ish yana sudgacha yetgan va sud ayolga 59 ming dollar qaytarish majburiyatini yuklagan. U qarordan norozi bo‘lib, shikoyat qilgan, ammo uning arizasi rad etilgan.

Zamin.uz saytini Google'ga qo'shing"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Aziza Shukhratova
«ZAMIN.UZ» muharriri

Izohlar 0

Mavzuga oid yangiliklar