date

Xiaomi Smart Band 10 Pro global bozorga chiqdi: Narxi va xususiyatlari

Xiaomi Smart Band 10 Pro global bozorga chiqdi: Narxi va xususiyatlari

Xiaomi kompaniyasi oʻzining yangi Smart Band 10 Pro fitnes-bilaguzugini Xitoydagi debyutidan bir hafta oʻtib, global bozorga taqdim etdi. Qurilma yangi Xiaomi 17T va Xiaomi 17T Pro smartfonlari bilan birgalikda namoyish etildi. Yevropa bozorida standart model 80 yevro, NFC va keramika korpusli talqini esa 100 yevro narxida sotuvga chiqdi. Bu haqda Ixbt.com xabar beradi.

Yangi gadjet 1,74 dyuymli AMOLED ekranga ega boʻlib, u 60 Hz yangilanish chastotasi va 2000 nit maksimal yorqinlikni taʼminlaydi. Bu quyosh nuri ostida ham maʼlumotlarni bemalol oʻqish imkonini beradi. Qurilmaning qalinligi 9,7 mm, vazni esa bor-yoʻgʻi 21,6 grammni tashkil etadi. Standart versiyalar korpusi alyuminiydan ishlangan.

Smart Band 10 Pro yangilangan yurak urishi datchigi bilan jihozlangan boʻlib, real vaqt rejimida pulsni oʻlchash, qondagi kislorod miqdorini aniqlash va uyqu tahlilini amalga oshiradi. Shuningdek, charchoq darajasini va mashgʻulotlardan keyingi tiklanishni baholash uchun HRV-treker qoʻshilgan. Bilaguzuk 150 dan ortiq sport rejimini va GPS navigatsiyasini qoʻllab-quvvatlaydi.

Ilk bor kompyuter oʻyinlari vaqtidagi puls va stress darajasini kuzatuvchi maxsus oʻyin rejimi joriy etildi. Qurilma HyperOS 3 tizimida ishlaydi, Apple Health bilan sinxronizatsiya qilinadi va bir vaqtning oʻzida ikkita qurilmadan bildirishnomalarni qabul qila oladi. Batareya quvvati oddiy rejimda 21 kunga, Always-On Display yoqilganda esa 8 kunga yetadi.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Ma’lumot
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Yangiliklar » Texno » Xiaomi Smart Band 10 Pro global bozorga chiqdi: Narxi va xususiyatlari