date

Google shifokorlarning tavsiyalarini ko‘rsatadi

Google shifokorlarning tavsiyalarini ko‘rsatadi

Google kompaniyasi tegishli so‘rovlar bo‘yicha topiladigan javoblarga ishonchli tibbiy ma’lumotlarni qo‘shishni boshladi. Bu haqda kompaniya o‘zining rasmiy blogida xabar berdi.

Endilikda ko‘p tarqalgan kasalliklar va jarohatlar haqida ma’lumotlarni qidirayotgan foydalanuvchilar bu kasalliklarni qanday davolash kerakligi hamda bunda qaysi tibbiy mutaxassisga murojaat qilish kerakligi haqida shifokorlar tomonidan tekshirilgan tavsiyalarni oladilar.

Bu tavsiyalarni taqdim qiluvchi tibbiy mutaxassislar jamoasiga Google xodimi shifokor Kapil Parax boshchilik qilmoqda. Bu mutaxassislar tomonidan taqdim etiladigan barcha ma’lumotlar sinchkovlik bilan tekshirib chiqiladi. Biroq, shunga qaramasdan, Google muammolar paydo bo‘lganda zudlik bilan tegishli shifokorga murojaat qilishni hamda izlash natijalari baribir shifokor huzurida olingan batafsil ma’lumotlarning o‘rnini bosa olmasligini uqtirmoqda.

Kompaniyaning xabar berishicha, ayni paytda tizimda qidiruvga berilayotgan ma’lumotlardan har yigirmanchisi tibbiyot yoki salomatlik bilan bog‘liq bo‘lmoqda.

Manba: www.kun.uz
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Ma’lumot
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Yangiliklar » Texno » Google shifokorlarning tavsiyalarini ko‘rsatadi