2027 yildan onkologik kasalliklarga qarshi yangi dastur joriy etiladi

2027 yildan onkologik kasalliklarga qarshi yangi dastur joriy etiladi

O‘zbekistonda saraton kasalliklarini erta aniqlash va davolash tizimini yaxshilashga qaratilgan milliy dastur tasdiqlandi. Unga ko‘ra, onkologik kasalliklarni dastlabki bosqichlarda aniqlash darajasini hozirgi 30 foizdan 40 foizgacha oshirish rejalashtirilgan.

Dastur doirasida aholining 60 foizini bachadon bo‘yni, ko‘krak bezi, oshqozon, o‘pka va boshqa keng tarqalgan saraton turlari bo‘yicha maqsadli tekshiruvlardan o‘tkazish ko‘zda tutilgan. Kasallikning so‘nggi bosqichlarida aniqlanish holatlari esa 65 foizdan 55 foizgacha kamaytirilishi kerak.

2027 yil 1 yanvardan hududlarda prostata bezi, yo‘g‘on ichak va o‘pka saratonining oldini olish choralari bosqichma-bosqich joriy qilinadi. Dastur Jahon sog‘liqni saqlash tashkiloti va xalqaro mutaxassislar ishtirokida ishlab chiqilgan.

Zamin.uz saytini Google'ga qo'shing"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Zamin AI bilan muhokama qilingYangilikni tahlil qiling, foydali maslahatlar oling

Izohlar 0

Mavzuga oid yangiliklar