Toshkent markazida Taras Shevchenko va Sayid Baraka ko‘chalari vaqtincha yopiladi

Toshkent shahri markazida o‘tkaziladigan ko‘ngilochar festival munosabati bilan bir qator ko‘chalarda transport harakati vaqtincha cheklanadi. Cheklovlar 4 iyun kuni soat 06:00 dan boshlanib, 8 iyun kuni soat 07:00 gacha amalda bo‘ladi.
Ma’lum qilinishicha, ushbu vaqt oralig‘ida Taras Shevchenko ko‘chasining Fidokor ko‘chasi bilan kesishmasidan Nukus ko‘chasigacha bo‘lgan qismida harakat to‘liq yopiladi. Shuningdek, Sayid Baraka ko‘chasining Oybek ko‘chasi bilan kesishmasidan Amir Temur shohko‘chasigacha bo‘lgan qismida ham avtotransport harakati vaqtincha to‘xtatiladi.
Haydovchilardan mazkur kunlarda yo‘lga chiqishdan avval harakat yo‘nalishini oldindan rejalashtirish, tirbandliklarning oldini olish uchun aylanma yo‘llardan foydalanish so‘ralmoqda. Mutasaddilar festival davomida xavfsizlik va jamoat tartibini ta’minlash maqsadida ushbu cheklovlar joriy etilishini bildirgan.





























Izohlar 0
…