Rossiya O‘zbekiston mahsulotlariga cheklov qo‘ymoqchi bo‘ldi

Rossiya O‘zbekiston mahsulotlariga cheklov qo‘ymoqchi bo‘ldi
Audio versiyasi

Rossiya 30 maydan boshlab O‘zbekistondagi ayrim kompaniyalardan meva-sabzavot mahsulotlari eksportini to‘xtatishini ma’lum qildi. Biroq “Rosselxoznadzor” oradan ko‘p o‘tmay ushbu xabarni rasmiy saytidan olib tashladi. Bu haqda “RBK” xabar berdi.

Avvalroq idora bir qator o‘zbekistonlik korxonalar eng ko‘p fitosanitariya qoidalari buzilishiga yo‘l qo‘yayotganini bildirgan va ularning mahsulotlariga nisbatan 30 maydan cheklovlar joriy etilishini e’lon qilgan edi.

Qaror Rossiyada fitosanitariya xavfsizligini ta’minlash hamda karantin ostidagi mahsulotlarni yetkazib berishdagi nomuvofiqliklar bilan izohlangan. Ammo keyinchalik “Rosselxoznadzor” mazkur ma’lumotni bekor qilib, xabarni saytidan o‘chirib tashladi.

Shu bilan birga, Rossiya tomoni O‘zbekistondan meva-sabzavot mahsulotlarini xavfsiz va uzluksiz yetkazib berish mexanizmini ishlab chiqish bo‘yicha texnik muzokaralar davom etayotganini ma’lum qildi.

Ma’lumot uchun, Rossiya 30 maydan boshlab Armanistonning qator meva-sabzavot mahsulotlariga ham cheklovlar joriy etgan. Keyinchalik ushbu ro‘yxatga kartoshka, baqlajon, olma, nok, behi va quritilgan mevalar ham qo‘shildi.

Armaniston bosh vaziri Nikol Pashinyan esa eksportchilarga davlat tomonidan qo‘llab-quvvatlash choralari ko‘rilishini va yangi bozorlar topishda yordam berilishini bildirgan.

Rossiya hukumati so‘nggi vaqtlarda Armanistonning G‘arb davlatlari va Yevropa Ittifoqi bilan yaqinlashayotganiga tanqidiy munosabat bildirib kelmoqda.

Zamin.uz saytini Google'ga qo'shing"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Aziza Shukhratova
«ZAMIN.UZ» muharriri

Izohlar 0

Mavzuga oid yangiliklar