SpaceX'ning katta rejasi Maskni dunyodagi birinchi trillioner qilishi mumkin

SpaceX'ning katta rejasi Maskni dunyodagi birinchi trillioner qilishi mumkin
Audio versiyasi

Ilon Mask dunyodagi birinchi trillionerga aylanishi mumkin. The Guardian ma’lumotiga ko‘ra, bu SpaceX kompaniyasining aksiyalarni birlamchi ommaviy joylashtirishi muvaffaqiyatli o‘tsa yuz berishi ehtimol.

Nashrning yozishicha, SpaceX IPO orqali taxminan 75 milliard dollar mablag‘ jalb qilishni rejalashtirmoqda. Bu jarayon kelgusi haftalarda amalga oshishi mumkinligi aytilmoqda.

Kompaniya har bir aksiyani 135 dollardan sotishni va jami 555,6 million dona aksiyani joylashtirishni ko‘zlagan. Agar reja amalga oshsa, SpaceX'ning bozor qiymati 1,77 trillion dollarga yetishi mumkin.

The Guardian bu holat fond bozori tarixidagi eng yirik IPO bo‘lishi mumkinligini ta’kidlamoqda. Maskning SpaceX'dagi ulushi esa uning boyligini rekord darajaga olib chiqishi ehtimol.

Zamin.uz saytini Google'ga qo'shing"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Nigina Zarqarayeva
«ZAMIN.UZ» muharriri

Izohlar 0

Mavzuga oid yangiliklar