
Oliy ta’lim muassasalariga kirishni rejalashtirayotgan abituriyentlar uchun muhim bosqich — test sinovlari oldidan “Abituriyent ruhsatnomasi”ni yuklab olish jarayoni boshlandi. Bu haqda Davlat test markazi my.uzbmb.uz rasmiy sayti orqali xabar berdi.
Har bir abituriyent shaxsiy kabinetga kirib, ro‘yxatga olish sahifasidagi maxsus tugma orqali o‘z ruhsatnomasini yuklab olishi mumkin. Shuningdek, shaxsiy kabinetga kirmay turib, my.uzbmb.uz/allow/bachelor-allow sahifasi orqali ham pasport seriyasi, raqami va JSHSHIRni kiritish orqali ruhsatnoma olish imkoniyati mavjud.
Test sinovida ishtirok etish uchun har bir abituriyent o‘z vaqtida kelishi lozim. Ulardan pasport (ID-karta) va rasmiy “Abituriyent ruhsatnomasi” talab qilinadi. Pasport nusxasi, boshqa hujjatlar yoki kechikib kelish – testga kirish huquqini yo‘qotishga sabab bo‘ladi.
E’tibor bering: hujjatlarni rasmiy manbalar orqali o‘z vaqtida yuklab oling va tayyorgarlikni oxirgi kungacha qoldirmang. Kirish imtihoni — kelajak kaliti. Yuz berishga jiddiy yondoshing! Telegram’da «Zamin»i takip edin!
Ctrl
Enter
Bir Hata mı buldunuz?
İfadeyi seçin ve Ctrl+Enter tuşuna basın İlgili haberler