Lada Granta modeli Lada Vesta kabi variator bilan jihozlanadi

Rossiyaning eng ommabop avtomobili Lada Granta yaqin yillarda yangi turdagi transmissiyaga ega boʻladi. AvtoVAZ rahbari Maksim Sokolovning maʼlum qilishicha, modelga Lada Vesta kabi WLY variatori oʻrnatiladi. Bu haqda Ixbt.com xabar beradi.
Muhandislar ushbu transmissiyani Granta modeliga moslashtirish uchun jiddiy texnik oʻzgarishlarni amalga oshirishlariga toʻgʻri keldi. Dastlabki bosqichda agregat kapot ostidagi boʻshliqqa sigʻmaganligi sababli, nafaqat variator korpusi, balki avtomobilning ayrim kuzov panellari ham qayta ishlandi.
Yangi transmissiya faqatgina 90 ot kuchiga ega boʻlgan 8 klapanli dvigatel bilan birga ishlaydi. Sokolovning soʻzlariga koʻra, bunday tandem agregatning uzoq muddat xizmat qilishini taʼminlaydi va uning resursi dvigatelning ishlash muddatiga yaqin boʻladi.
Ishlab chiqarish liniyalarini moslashtirish va barcha sinov jarayonlarini yakunlash uchun maʼlum vaqt talab etiladi. Shu sababli, variator bilan jihozlangan Lada Granta avtomobillari 2027-yilning birinchi yarmida konveyerga chiqishi rejalashtirilgan.





























Izohlar 0
…