Lil Xurramovning “sevgi qissasi” kutilmaganda yakun topdi

Barchasi joriy yilning yanvar oyida, 23 yoshli bloger o‘z kuzatuvchilarining savollariga javob berar ekan, shu yil to‘y qilish rejalari borligiga sha’ma qilganidan boshlangan edi. O‘shanda u Dubayda yashovchi 23 yoshli model Valeriya bilan munosabatda ekani ham ma’lum bo‘lgan.
Fevral oyiga kelib, Ozod ish yuzasidan O‘zbekistonga kelganidan so‘ng, yana Dubayga — sevgilisi yoniga uchib bordi. U ijtimoiy tarmoqlarda model bilan tushgan suratlarini joylab, “dunyoda bunday sevgi yo‘q” deya izoh qoldirgan edi.
Biroq oradan ko‘p o‘tmay, kutilmagan burilish yuz berdi. Bloger Munisa Rizayevaning “Bevafo” taronasi ostiga arxiv videolarni joylab, munosabatlariga nuqta qo‘yilganini rasman tasdiqladi. U post ostida “Siz ushbu postni ko‘rishingiz kerak edi” deya yozib qoldirgan.

Mazkur holat ijtimoiy tarmoqlarda turli muhokamalarga sabab bo‘ldi. Ayrim foydalanuvchilar bu voqeani boshidan kutilgan deb baholasa, boshqalar esa buni shunchaki PR yakuni sifatida talqin qildi.
Shu tariqa, Lil Xurramovning sevgi qissasi kutilganidek to‘y bilan emas, balki katta bahs-munozaralar bilan yakunlandi.





























Izohlar 0
…