13:11 / 09.06.2022
2 574

Rossiya Davlat dumasiga Litva mustaqilligini bekor qilish haqidagi qonun loyihasi kiritildi

Rossiya Davlat dumasiga Litva mustaqilligini bekor qilish haqidagi qonun loyihasi kiritildi
Foto: «TASS»
Rossiya Davlat dumasiga «SSSR Davlat kengashining «Litva Respublikasi mustaqilligini tan olish to‘g‘risida»gi qarorini bekor qilish to‘g‘risida»gi qonun loyihasi kiritildi, deb xabar bermoqda DW. Qonunchilik faoliyatini ta’minlash tizimi ma’lumotlar bazasiga qaraganda, qonun loyihasi 8 iyun, chorshanba kuni ro‘yxatdan o‘tkazilgan.

U Davlat dumasi raisi Vyacheslav Volodinga yo‘naltirilgan.

Hujjat «Yagona Rossiya»dan deputat Yevgeniy Fyodorov tomonidan taklif qilingan. Qonun chiqaruvchi talqiniga ko‘ra, qaror Litvaning NATOga «a’zoligiga qarshi chiqish imkonini beradi».

Kremldagilar deputatning tashabbusidan xabardor emas
Fyodorovning fikricha, mustaqillikni tan olish chog‘ida SSSRning «Ittifoq respublikasining chiqishi bilan bog‘liq masalalarni hal qilish tartibi to‘g‘risida»gi qonuni buzilgan, chunki Litvada sovet ittifoqi tarkibidan chiqish haqida referendum o‘tkazilmagan.

- Rossiya SSSRning qonuniy davomchisi hisoblanadi. NATO nizomining oltinchi bandiga muvofiq esa «bahsli yuridik sub’ektlar alyansda qola olmaydi», — deya qayd etdi Fyodorov.

Ayni vaqtda Rossiya prezidenti matbuot kotibi Dmitriy Peskov Kreml «Yagona Rossiya» vakilining taklifidan xabardor emasligini ma’lum qildi.

Litvaning mustaqilligini SSSR Davlat kengashi Gorbachyov raisligida tan olgan
1990 yil 11 mart kuni Litva SSR Oliy kengashi davlatni Litva Respublikasi deb qayta nomlash to‘g‘risida qonun chiqardi va Litva mustaqilligi qayta tiklanishi haqidagi aktni e’lon qildi. 1991 yil 6 sentabrda SSSR Davlat kengashi Mixail Gorbachyov raisligida Litva mustaqilligini tan oldi. 2004 yilda mamlakat NATO va Yevroittifoqqa a’zo bo‘ldi.

Litva Moskvaga qarshi sanksiyalar kuchaytirilishiga qarshi chiqmoqda, may oxirida esa hatto Ukraina donini olib chiqish maqsadida Qora dengizni Rossiya qamalidan chiqarish uchun harbiy-dengiz koalitsiyasi tuzishni taklif qilgan edi.

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Rossiya Davlat dumasiga Litva mustaqilligini bekor qilish haqidagi qonun loyihasi kiritildi