
Foto: AP
Buyuk Britaniya bosh vaziri Boris Jonson Ukraina prezidenti Volodimir Zelenskiyni yetakchilik sifati uchun Uinston Cherchill nomidagi mukofot bilan taqdirladi.
"Jismonan uzoqda bo‘lishimizga qaramasdan, senga bu mukofotni berish men uchun yoqimli", - dedi Jonson Zelenskiy bilan videokonferensiya shaklidagi muloqoti chog‘ida.
"Mukofotlash marosimi"da Ukrainaning Britaniyadagi elchisi Vadim Pristayko ishtirok etdi.
Yetakchilik sifati uchun Uinston Cherchill nomidagi mukofot ilk bor 2006 yilda Bill Geytsga topshirilgan. Undan so‘ng AQSH sobiq davlat kotibi Madlen Olbrayt, Konnektikut shtatidan sobiq senator Jozef Liberman mazkur mukofot bilan taqdirlangan. “Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar