Foto: Reuters
Britaniyaning bir qancha amaldorlari NATO bosh kotibi lavozimiga Boris Jonsonning nomzodini qo‘llab-quvvatlamoqda, deb yozdi Britaniyaning The Telegraph gazetasi. Shu bilan birga, nashr manbalari Fransiya Jonsonni ushbu lavozimga tayinlash qaroriga veto qo‘yishi mumkinligidan xavotirda.
The Telegraph nashrining yozishicha, NATO bosh kotibi lavozimi uchun Boris Jonsonning nomzodini Mudofaa qo‘mitasi a’zolari Richard Draks va Mark Fransua hamda Buyuk Britaniyaning Yevropa Ittifoqidan chiqishi masalalari bo‘yicha sobiq vazir Devid Jons qo‘llab-quvvatlamoqda. Shuningdek, Jonson AQSH va Ukrainadan yordam olishi mumkin.
The Telegraph nashriga intervyu bergan ayrim rasmiylarning fikricha, Fransiya prezidenti Emmanuel Makron Jonsonni bu lavozimga tayinlash qaroriga veto qo‘yishi mumkin. Gazeta suhbatdoshlari buni munosabatlarining keskinligi bilan izohladi. Shuningdek, nashr manbalarining fikricha, bosh vazir o‘zi bilan bog‘liq siyosiy mojarolar tufayli bu lavozimni egallamasligi ham mumkin.
NATOning amaldagi bosh kotibi Yens Stoltenbergning vakolatlari 2023 yil sentabrda tugaydi. Boris Jonson hozir Britaniya bosh vaziri vazifasini bajaruvchi va Konservativ partiya yetakchisi sifatida ishlamoqda. Konservativ partiyaning yangi yetakchi uchun ovoz berish natijalari 5 sentabr kuni e’lon qilinishi kerak. “Zamin” yangiliklarini “Odnoklassniki”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Rossiyalik deputat: «Oliy ma’lumotlilarning kurerlik qilishi — vatanparvarlikka zid»
Jo Bayden: “Ba’zan xotinim meni kosmosga jo‘natish bilan tahdid qiladi”
Xatolar va mag‘lubiyatlar... ular kechiriladimi?
Donald Tramp 27 yoshli Karolin Levittni Oq uy matbuot kotibi etib tayinlamoqchi
O‘zi choy damlaydi va suhbatlashadi: dunyodagi birinchi “aqlli” choynak taqdim etildi (video)
Apple dongdor ikki ayfonini rasman eskirgan deb e’lon qildi
Endi operatsiyadan so‘ng kesmalar o‘rni ikki barobar tezroq bitishi mumkin
Omega-3 qanday qilib ozishga yordam beradi?