
Foto: Darren Bull/CNN
Reuters agentligining Oslo politsiyasiga tayanib xabar berishicha, Medvedev Ukrainadagi harbiy jinoyatlarda gumon qilingan vagnerchilarni javobgarlikka tortishga yordam berish istagini bildirgan va «ba’zi raqamli materiallar»ni topshirgan.
Shu bilan birga, Medvedev Ukrainadagi urush yuzasidan guvohlik berishga majbur emasligi, chunki u faqat davlat chegarasini noqonuniy kesib o‘tganlikda gumon qilinayotgani ta’kidlanadi.
Norvegiyaga qochib ketgan «Vagner» XHK bo‘linmasi sobiq qo‘mondoni Andrey Medvedev migratsiya qonuniga binoan politsiya tomonidan qo‘lga olingandi. Bu haqda 23 yanvar kuni Norvegiyaning NRK mediakompaniyasi immigratsiya politsiyasi xizmati yuridik bo‘limi rahbari vazifasini bajaruvchi Yon Andreas Yoxansenga tayanib xabar berdi.
22 yanvar oqshomida o‘z mijozining qo‘lga olingani faktini Medvedevning norvegiyalik advokati Bryunulf Risnes ham tasdiqladi. Uning so‘zlariga ko‘ra, bu qadamga sobiq vagnerchining o‘ziga yuklangan barcha xavfsizlik choralariga rioya qilishdan bosh tortgani sabab bo‘lgan. NRK ma’lumotlariga ko‘ra, Andrey Medvedev bir muddat Oslo yaqinidagi maxfiy manzilda yashagan, keyinroq Trandumdagi deportatsiya markaziga ko‘chirilgan.
Medvedev 13 yanvarga o‘tar kechasi Rossiyadan Norvegiyaga qochib ketgan. Skandinaviya davlatida u siyosiy boshpana so‘radi hamda «Vagner» XHK egasi Yevgeniy Prigojin va yollanma tashkilotning o‘ziga qarshi ko‘rsatma berdi. “Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar