Fransiya poytaxti Parij shahri polisiyasi Al Jazeera telekanalining uch nafar xodimini Bulon o‘rmonida uchuvchisiz qurilma uchirgani uchun qo‘lga oldi, deb xabar bermoqda «RBK».
Hozircha ular va 24 fevral tunda Parij osmonida uchirilgan dronlar orasida aloqa yo‘qligi aytilgan. Telekanal vakillarining so‘zlariga ko‘ra, jurnalistlar shu mavzu yuzasidan syujet suratga olayotgan bo‘lgan. Qo‘lga olinganlarning ismlari va fuqaroliklari ma’lum qilinmagan. Polisiya ma’lumotlariga ko‘ra, ulardan biri qurilmani boshqargan, boshqalari esa suratga tushirgan.
Parijda uchuvchisiz qurilmalarni tegishli ruxsatnomasiz uchirish qonun bilan taqiqlangan. 24 fevral tunda Parijdagi Eyfel minorasi, AQSh elchixonasi va boshqa bir necha bino ustida dronlar harakatlangani qayd etilgan, biroq ularni boshqarganlarni ushlashning imkoni bo‘lmagan. Bungacha Elisey saroyi ustida va AESlar yaqinida ham dronlar paydo bo‘lgan.
Manba: www.daryo.uz “Zamin” yangiliklarini “Facebook”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
“Hizbulloh” bir sutkada Isroilga qarshi 20 ga yaqin harbiy amaliyot o‘tkazdi
Xalqaro jinoyat sudi Isroil bosh vaziri Netanyaxuni hibsga olishga order berdi
Turkiya o‘zining birinchi kvant kompyuterini taqdim etdi
Josep Borrel: “Xalqaro jinoyat sudining Netanyaxuni hibsga olish bo‘yicha qarori ijro etilishi shart”
Metabolizm sekinlashganining belgilari
Husiylar Isroil aviabazasiga gipertovushli raketa bilan zarba berdi
Superliga. OKMK safarda "Paxtakor"ni mag‘lub etdi va 11 yillik qora an’anaga chek qo‘ydi
Har payshanba jismoniy tarbiya va sport kuni sifatida belgilanadi