13:00 / 02.04.2023
279

Qozog‘iston politsiyasi ayirmachi guruh ishi bilan shug‘ullanmoqda

Qozog‘iston politsiyasi ayirmachi guruh ishi bilan shug‘ullanmoqda
Shimoliy Qozog‘iston viloyati politsiyasi internetda bir guruh odamlar “Petropavlovsk shahri va Shimoliy Qozog‘iston viloyati xalq kengashi” deb ataladigan tashkilotga birlashgani e’lon qilingan video tarqalgach, mazkur ish yuzasidan tergov boshladi. Bu haqda Ozodlik radiosining qozoq xizmati xabar bergan.
 
Videoda so‘zga chiqqanlar o‘zlarini “Petropavlovsk shahrining mehnatkash aholisi” deb tanishtirib, “mol-mulkimiz va resurslarimizni boshqarish tizimining barcha asoschilari va xodimlariga ishonchsizlik bildiramiz”, deyishgan. Ular keltirayotgan sabab shuki “xalq hayoti uchun noqulay sharoitlar yaratilishi tufayli”  “Qozog‘iston Respublikasi korporatsiyasi”ning huquqiy asosi qalbakilashtirilgan.
 
“Biz, xalq, o‘z mustaqilligimiz va suverenitetimizni e’lon qilamiz”, dedi ular. Bundan tashqari, ular "Suveren Qozog‘iston SSRning buzilmas hududiy yaxlitligini" e’lon qildilar.
 
Guruh 19 mart kuni Instagramdagi sahifasida Petropavlovskda “shahar xalq kengashini qayta qurish”ga bag‘ishlangan 19 kishidan iborat yig‘ilish bo‘lib o‘tgani haqida e’lonlar joylashtirdi. Yig‘ilishda “rais” saylandi, “deklaratsiya”, “nizom”, “ramzlar va muhr” loyihasi tasdiqlandi, qarorlar “bayonnoma bilan rasmiylashtirildi”.
 
“Ozodlik” radiosi qozoq xizmatining qayd etishicha, “xalq kengashi” haqidagi ma’lumotlar Qozog‘istondagi parlament saylovlari natijalari nomzodlar tomonidan tanqidlar fonida tarqaldi. “Xalq kengashi” haqidagi postlar mahalliy Telegram kanallarida muhokamalarga sabab bo‘ldi, ba’zi foydalanuvchilar ushbu guruhning harakatlarini separatizm, deya baholashdi.  Guruh a’zolarining o‘zlari esa Qozog‘iston yaxlitligiga tajovuz qilingani haqidagi da’volarni va “qo‘shni va boshqa mamlakatlarda” taqiqlangan har qanday jamoalar bilan aloqalar haqidagi xabarlarni rad etdi.
 
Qo‘shni Rossiya hududida ham o‘zlarini SSSR trafdorlari deb hisoblaydigan va zamonaviy Rossiyaning mavjdligini tan olmaydigan bir necha guruhlar mavjud. Ko‘pincha ular Rossiyaning shaxsni tasdiqlovchi hujjatlarni ham  tan olishdan bosh tortishadi. Rossiyada ular ko‘pincha ekspretizm uchun ta’qib qilinishadi.
 
Shimoliy Qozog‘iston vilyaoti politsiyasi boshqarmasi KazTAG agentligiga boshlangani haqida ma’lum qildi. Ushbu ma’lumot bizda Shimoliy Qozog‘iston viloyati IIBda qayd etilgan, hozirda tezkor tadbirlar o‘tkazilmoqda”, deyiladi xabarda. Milliy xavfsizlik qo‘mitasi va Bosh prokuratura hozircha bu ma’lumotga izoh bermagan.

arenda kvartira tashkent
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo