11:51 / 17.06.2023
750

Putin yadro qurolidan foydalanish shartini aytdi

Putin yadro qurolidan foydalanish shartini aytdi
Foto: Reuters
Rossiya prezidenti Vladimir Putin Sankt-Peterburg xalqaro iqtisodiy forumidagi nutqi davomida Rossiyaning yadro qurolidan foydalanish shartini aytdi. Bu haqda “Gazeta.ru” xabar berdi.
 
Putin yadroviy doktrinada ko‘rsatilganidek, Rossiyaning hududiy yaxlitligi, mustaqilligi, suvereniteti yoki mavjudligiga tahdid tug‘ilgan taqdirdagina yadro qurolidan foydalanilishini bildirdi.
 
Lekin bizda, birinchidan, bunday ehtiyoj yo‘q. Ikkinchidan, ushbu mavzu bo‘yicha fikr yuritishning o‘zi allaqachon quroldan foydalanish chegarasini pasaytirish imkoniyatini kamaytiradi”, — dedi u.
 
Shu bilan birga, Putin taktik yadro qurolidan yadroviy to‘xtatuvchi element sifatida foydalanish g‘oyasiga salbiy munosabatda ekanini qo‘shimcha qildi.

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Putin yadro qurolidan foydalanish shartini aytdi
ePN