Tadqiqot: Dunyo bo‘yicha har 8 bolaning bir nafari ultra qayta ishlangan mahsulotlarga mukkasidan ketgan
Foto: AP
Balog‘atga yetgan har 7 kishidan 1 nafari va har 8 boladan bittasi qayta ishlanadigan mahsulotlarga o‘rganib qolgan bo‘lishi mumkin, deb yozyapti Guardian nashri. Oxirgi tadqiqotlar muzqaymoq, gazli ichimliklar va tayyor ovqatlar saraton, ortiqcha vazn va yurak kasalliklariga sabab bo‘lishi mumkinligini isbotlagan.
36 ta mamlakatda o‘tkazilgan 281 ta tadqiqot tahlili shuni ko‘rsatdiki, “o‘ta qayta ishlangan oziq-ovqatga qaramlik” kattalarning 14 foizida va bolalarning 12 foizida uchraydi.
“Qayta ishlangan oziq-ovqatlarning qaysi turlarida o‘ziga qaramlikni paydo qiluvchi moddalar bor ekanligini aniqlasak, global salomatlikni yaxshilashga yordam bera olgan bo‘lamiz”, – deydi AQSHning Michigan universiteti professori Ashley Gearhardt.
Ma’lumot uchun, ultra qayta ishlangan mahsulotlar deb 5 ta yoki undan ortiq ingrediyent qo‘shib tayyorlanadigan oziq-ovqatlarga aytiladi. Bunday ingridiyentlar odatda uy sharoitida pishiriladigan oziq-ovqatlarga qo‘shilmaydi. Ular konservantlar, ta’m beruvchilar, sun’iy rang beruvchi kabilar hisoblanadi. Olimlar aksar qayta ishlangan mahsulotlar tarkibida o‘ziga o‘rgatib qo‘yuvchi moddalar bor deb hisoblaydi.
“Zamin” yangiliklarini “Telegram”da kuzatib boring