AQSH Senatiga saylangan ilk musulmon g‘alabasini “Alhamdulillah” so‘zi bilan nishonladi

AQSH Senatiga saylangan ilk musulmon g‘alabasini “Alhamdulillah” so‘zi bilan nishonladi

AQSHning Michigan shtatida bo‘lib o‘tgan Senat saylovida demokratlar vakili Abdulrahmon Muhammad El-Sayed g‘alaba qozondi. U respublikachi raqibi Mayk Rojersni mag‘lub etib, AQSH tarixida Senatga saylangan ilk musulmon bo‘ldi. Bu haqda Associated Press xabar berdi.

G‘alabadan keyin Detroytda tarafdorlari qarshisida nutq so‘zlagan El-Sayed saylov kampaniyasi davomida natijani kutar ekan, doim “Inshaalloh” deb kelganini esladi.

«Ehtimol, shu paytgacha saylov natijalari haqida gapirganimda doim “Inshaalloh” yoki “Xudo xohlasa” deb kelganimni payqagandirsiz. Ammo bugun, shu kechadan boshlab, “Inshaalloh”ni “Alhamdulillah”ga almashtirsak bo‘ladi», — dedi u.

Siyosatchining bu so‘zlari zalda yig‘ilganlar tomonidan olqishlar bilan kutib olindi.

42 yoshli El-Sayed avval Michigan shtatida sog‘liqni saqlash sohasi bo‘yicha rahbarlik lavozimida ishlagan. U misrlik muhojirlar oilasida tug‘ilgan.

Uning Senatga saylanishi AQSH musulmonlari uchun tarixiy voqea sifatida baholanmoqda. El-Sayed 2027 yil yanvar oyida qasamyod qabul qilib, senator sifatida faoliyat boshlashi kutilmoqda.

Izohlar 0

…

Mavzuga oid yangiliklar