12:20 / 21.11.2023
539

Zelenskiy Rossiya bilan “qanday bo‘lsa ham” tinchlik o‘rnatilmasligini aytdi

Zelenskiy Rossiya bilan “qanday bo‘lsa ham” tinchlik o‘rnatilmasligini aytdi

Foto: The Sun

Ukraina prezidenti Vladimir Zelenskiy mamlakat “qanday bo‘lmasin” Rossiya bilan tinchlik o‘rnatishga intilmaydi. Uning fikricha, to‘laqonli tinchlik muzokaralari Rossiya qo‘shinlari Ukraina hududidan olib chiqib ketilganidan keyin boshlanishi mumkin.

Jang maydonida qiyinmi? Ha. Ammo hozir Rossiya bilan do‘stlik o‘rnatish yoki muzokaralar stoliga o‘tirish? Yo‘q”, — deydi Ukraina prezidenti Britaniyaning The Sun gazetasiga intevyusida.

Uning so‘zlariga ko‘ra, g‘arb ittifoqchilari orasida Ukraina Qurolli Kuchlari “Rossiya qo‘shinlarini quvib yuborishga” qodirligi borasida shubhalar ortmoqda, biroq ushbu vaziyat Kiyevning pozitsiyasiga ta’sir ko‘rsatmaydi. “Ha, bizga bosim o‘tkazishlari mumkin, ammo pozitsiyamiz oldingidek qoladi. Jang maydonida ko‘proq muvaffaqiyatga erishishimiz kerak. Va biz buni amalga oshiramiz, yerlarimizni qaytarib olamiz, oxiriga qadar kurashamiz”, — deydi Zelenskiy.


arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo