Dunyoning eng boy ayoli ma’lum bo‘ldi

Dunyoning eng boy ayoli ma’lum bo‘ldi
Dunyoning eng boy ayoli ma’lum bo‘ldi
Foto: ELLЕ
L'Oreal kosmetika imperiyasi merosxo‘ri Fransuaza Betankur Mayers boyligi 100 milliard dollarga yetgan dunyodagi birinchi ayolga aylandi. Bu haqda Bloomberg xabar berdi.
 
28 dekabr holatiga ko‘ra, uning boyligi 100,2 milliard dollarga yetgan. Ushbu o‘sishga L'Oreal aksiyalarining rekord darajada yuqori baholanishi yordam bergan. Forbes hozirda Mayersning boyligini 99,6 milliard dollarga baholamoqda (14-o‘rin), lekin u dunyodagi eng boy ayol ekanligini ma’lum.
 
L'Oreal merosxo‘ri allaqachon dunyodagi eng boy ayol deb atalgan. Bu maqom unga Forbes jurnali tomonidan 2019, 2021, 2022 va 2023 yillarda berilgan.
 
70 yoshli Mayers va uning oilasi kompaniyaning deyarli 35 foizga egalik qiladi. Fransuazaning o‘g‘illari Viktor-Jan va Nikolas kompaniya rahbarlari qatoriga kiradi.
Zamin.uz saytini Google'ga qo'shing"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Zamin AI bilan muhokama qilingYangilikni tahlil qiling, foydali maslahatlar oling

Izohlar 0

Mavzuga oid yangiliklar