19:01 / 07.03.2015
7 045

Britaniyalik deputatlarga choy, pechene va taksi uchun qo‘shimcha pul to‘lash bekor qilinadi

Britaniyalik deputatlarga choy, pechene va taksi uchun qo‘shimcha pul to‘lash bekor qilinadi

Zamin.uz: Britaniya parlamenti a’zolari yangi moliyaviy yilda soliq to‘lovchilar hisobiga bepul choy, pechene olish va taksiga buyurtma berish huquqidan mahrum qilinadi. Bu haqda Parlament standartlariga amal qilishni nazorat qilish mustaqil qo‘mitasining saytida ma’lum qilindi.

2015/16 moliyaviy yilda Britaniya parlamenti uchun xarajatlar smetasida ushbu o‘zgartirishlar may oyida bo‘lib o‘tadigan saylovlar oldidan mablag‘larni tejash zaruriyati bilan qabul qilingani aytilmoqda.

“Biz 2013 yilning dekabrida kelishilgan, ovqatlanishga sarf-xarajatlar va mehmonlarni kutib olish qoidalariga cheklovlar va o‘zgartirishlar kiritamiz. Mehmonxonalar va taksi xizmatidan foydalanish qoidalarini kuchaytiramiz. Boshqa televizion lisenziyalarni to‘lash uchun arizalarni va uylardagi mulklarni sug‘urtalash pullarini qabul qilmaymiz”, deyiladi hujjatda.

Hujjatda qayd etilishicha, “parlament a’zolariga pechene va choy talab qilish, hamda agar ular kechki paytgacha qolib ketadigan bo‘lishsa, soat 13.00 dan keyin mehmonxonalardan xona buyurtirish taqiqlab qo‘yiladi. Davlat hisobidan 23.00 gacha taksi chaqirtirish imkoniyati ko‘zda tutilmaydi”.

Parlament a’zolarining maoshlari ham muzlatib qo‘yiladi – avval rejalashtirilgan maoshlarni 10 foizga oshirish qarori bekor qilindi.

Ma’lumot uchun, hozirda Britaniya parlamenti a’zosining bir yillik maoshi 67 ming funt sterlingni tashkil qiladi.

Manba: www.kun.uz

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Britaniyalik deputatlarga choy, pechene va taksi uchun qo‘shimcha pul to‘lash bekor qilinadi