Foto: Sputnik
Rossiya prezidenti Vladimir Putin Vashingtonning do‘stona bo‘lmagan xatti-harakatlari tufayli mamlakat hamda Markaziy bankiga yetkazilgan “zararni qoplash” uchun AQSH aktivlarini musodara qilishga ruxsat berdi. Tegishli farmon 23 may kuni imzolangan.
Farmonga ko‘ra, davlat va Rossiya banki, agar Amerika hukumati yoki sudlarining qarori bilan o‘z mulkiga bo‘lgan huquqlardan “asossiz” mahrum qilingan bo‘lsa, sudga murojaat qilish huquqiga ega. O‘z navbatida, Rossiya sudi zararni qoplash to‘g‘risida qaror qabul qilishi mumkin. Shundan so‘ng AQSH mulki musodara qilinib, rossiyalik egalariga o‘tadi.
Hukumat yoki AQSH fuqarolaridan olib qo‘yilishi mumkin bo‘lgan mulklar ro‘yxatiga qimmatli qog‘ozlar, Rossiya kompaniyalarining ustav kapitalidagi ulushlari, ko‘char va ko‘chmas mulk, shuningdek, mulkiy huquqlar kiradi.
Putin Rossiya hukumatiga to‘rt oy ichida qonunchilikka zarur o‘zgartirishlar kiritishni topshirdi.
AQSH Davlat kotibi Entoni Blinken may oyida Kiyevga tashrifi chog‘ida hukumat Ukrainani himoya qilish uchun AQSH banklaridagi Rossiya aktivlarini musodara qilish niyatida ekanini aytgan. AQSH Senati vakiliga ko‘ra, Amerika banklarida Rossiyaning 5 milliard dollarlik aktivlari muzlatilgan. Dunyo bo‘ylab bu aktivlar taxminan 300 milliard dollarni tashkil qiladi. Bu choralar Rossiya-Ukraina urushi boshlanganidan so‘ng kuchga kirgan.
Rossiya hukumati Rossiya mablag‘larini, shu jumladan ulardan olingan daromadlarni olib qo‘yishning har qanday variantini ekspropriatsiya deb hisoblaydi, bu esa tegishli oqibatlarga olib kelishini ta’kidlagan. “Zamin” yangiliklarini “Youtube”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Turkiya Suriya chegarasida qo‘shin to‘plamoqda
Rossiya Kursk viloyati va Ukraina sharqida hujumlarni kuchaytirmoqda
Donald Tramp: “Prezident Erdo‘g‘on juda aqlli, Asad esa shafqatsiz qassob”
Xitoy va Hindiston Himolaydagi yarim asrlik hududiy nizoni hal qilmoqchi
Tramp Zelenskiyni urush tugashiga tayyorlanishga chaqirdi
Suriya isyonchilari yetakchisi murojaat bilan chiqdi
Rossiya Isroilni Golan tepaliklari borasida ogohlantirdi
Ozish uchun barcha harakatlar besamar bo‘lishiga 11 ta asosiy sabab