
Foto: Google Images
Giyohvand moddalar savdosi bilan shug‘ullanuvchilar uchun o‘lim jazosining joriy etilishigina AQSHdagi giyohvand moddalar muammosini hal qilishi mumkin. Bu haqda AQSHning sobiq prezidenti Donald Tramp Fox News telekanaliga bergan intervyusida aytib o‘tgan.
“Fentanil xalqimizni o‘ldirmoqda... Narkotrafikchilarga o‘lim jazosini joriy qilmaguncha, biz hech qachon giyohvandlik muammosini chinakamiga hal qila olmaymiz”, — dedi u.
2023 yilda Kasalliklarni nazorat qilish va oldini olish federal markazlari mamlakatda Meksikadan olib kelingan sintetik opioid fentanildan zaharlanish va o‘lim darajasi 2016 yildan 2021 yilgacha deyarli to‘rt baravarga oshgani haqida xabar berdi.
Qo‘shma Shtatlar har yili 100 mingga yaqin amerikaliklarning hayotiga zomin bo‘ladigan keng ko‘lamli opioid epidemiyasiga duch kelmoqda. “Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar