Qozog‘istonda ota-qizning to‘ydagi raqsi internetda ommalashdi (video)

Qozog‘istonda to‘y marosimida ota va qizining birga raqsga tushgani aks etgan video ijtimoiy tarmoqlarda ommalashdi.
Videoda PSY'ning “Gentleman” qo‘shig‘i yangragan paytda ota va qiz kuy ritmiga mos ravishda jo‘shqin raqsga tushgani aks etgan. Ularning chiqishi to‘y mehmonlarining ham e’tiborini tortib, ayrim mehmonlar raqsga qo‘shilgan.
Ayniqsa, otaning qizi bilan birga erkin va quvnoq raqsga tushgani ijtimoiy tarmoq foydalanuvchilarining iliq munosabatiga sabab bo‘lgan.
Video Qozog‘iston internet segmentida keng tarqalib, foydalanuvchilar tomonidan turli izohlar bilan ulashilmoqda.






























Izohlar 0
…