Rayhon G‘aniyevaga tug‘ilgan kunida noodatiy syurpriz uyushtirildi (video)

Kecha, 16 sentyabr kuni xonanda Rayhon G‘aniyeva 48 yoshni qarshi olgani haqida xabar bergan edik. Tug‘ilgan kunida uning yaqinlari xonandaga noodatiy syurpriz uyushtirdi.
Rayhon G‘aniyeva mazkur lahzalar aks etgan videoni ijtimoiy tarmoqdagi sahifasiga joylashtirdi.
“Kim turk seriallarini yaxshi ko‘rsa, mana ko‘ring, yaqinlarim menga tungi soat 12 da qanday syurpriz uyushtirishdi!” — deya yozib qoldirdi xonanda.
Videoda xonandaning yaqinlari turk aktyorlarining yuzlari aks etgan niqoblarni taqib, qo‘llarida tort, sharlar va gullar bilan uni tabriklagani aks etgan. Kutilmagan syurprizdan Rayhonning hayratga tushgani ham videoda yaqqol ko‘rinadi.
Xonandaning kuzatuvchilari esa izohlarda uni tavallud ayyomi bilan tabriklab, samimiy tilaklarini bildirishda davom etmoqda.






























Izohlar 0
…