Ukrainada keksa ayol Rossiya dronini qo‘li bilan zararsizlantirgani aks etgan video tarqaldi (video)

Ijtimoiy tarmoqlarda keksa ukrainalik ayol yerda qolib ketgan dronning optik tolali kabelini qo‘li bilan olib tashlayotgani aks etgan video tarqaldi. Bu haqda The New Voice of Ukraine xabar berdi.
Kadrlar 15 sentyabr kuni ukrainalik harbiy texnologiyalar bo‘yicha maslahatchi Serhiy “Flash” Beskrestnov tomonidan ham e’lon qilingan. Videoda ayol yo‘l chetida turgan dron yoniga borib, uning kabel g‘altagini yechib olayotgani ko‘rinadi. Shundan so‘ng qurilma harakatsiz holatda qoladi.
Tarqalgan ma’lumotlarda dron Rossiyaga tegishli optik tolali FPV qurilmasi ekani va u “kutish” rejimida bo‘lgani aytilmoqda. Bunday dronlarda operator bilan aloqa qilish uchun optik tolali kabeldan foydalaniladi.
Beskrestnovning yozishicha, ayol bunday vaziyatda qanday harakat qilish bo‘yicha “Victory Drones” kurslaridan birida ta’lim olgan bo‘lishi mumkin. Biroq bu ma’lumot mustaqil ravishda tasdiqlanmagan.






























Izohlar 0
…