19:10 / 14.07.2024
415

Konor MakGregor: "Tramp Pensilvaniyada o‘qlarni tupurib yubormoqda!"

Konor MakGregor: "Tramp Pensilvaniyada o‘qlarni tupurib yubormoqda!"
Xabaringiz bor, bugun tongda AQSHning sobiq prezidenti va yana prezidentlikka da’vogarlik qilayotgan Donald Trampning Pensilvaniyadagi chiqishi vaqtida unga suiqasd uyushtirilgandi. Otilgan o‘q uning qulog‘ini jarohatlagani haqida ma’lumotlar paydo bo‘ldi. Trampda barchasi joyida ekanligi ham ma’lum bo‘ldi. Ushbu voqeylikdan so‘ng bir qator MMA jangchilari bunga o‘z munosabatini bildirishdi.

Konor Makgregor: "U 78 yoshli O‘rtayer dengizida yaxtada dam olgan holda golf uchun maydonlarni ko‘rishi kerak bo‘lgan milliarder. Ammo u bunday qilmaydi. U Vataniga muhabbati tufayli, Pensilvaniyada o‘qlarni tupurib yubormoqda! Ey Xudo Donaldga yordam ber! Ey Xudo Qo‘shma Shtatlarni asra".

Kolbi Kovington: "Prezident Tramp - dunyodagi eng kuchli odam. Uni va oilasini Xudoni o‘zi asrasin".

Shon Striklend: "Tramp - xaqiqiy yirtqich. Uni otishdi, u esa o‘z xalqi uchun kurashmoqda".

Xorxe Masvidal: "U aniq Yaratganning suygani. Prezident Trampga shikast yetmaganidan xursandman. So‘llar buni biladi! Ular zulm va shunga o‘xshashlarga qarshimiz, deyishadi, biroq ko‘rdikki ular hech nimadan qaytmaydi.

Maykl Chendler: "Bu yigit - haqiqiy erkak! Qulog‘ingizni bir qismini uzib tashlaganini tasavvur qilib ko‘ring, hayotingizni qandaydir millimetrlar asrab qolganini o‘ylab ko‘ring. Siz ham shunday reaksiya qila olarmidingiz? Yetakchimiz uchun ibodat qilamiz".

Mett Braun: "Tramp hozir saylovda g‘alaba qozondi. O‘yin tugadi. Men uning muxlisi emasdim, lekin o‘rnidan turib, musht qilgan qo‘lini ko‘tarib baqirganiga qoyil. Uni qattiq hurmat qilaman".

Aldjameyn Streling: "Siyosiy yo‘nalishning qaysi tomonida bo‘lishning ahamiyati yo‘q. Bu barcha chegaralarni bosib o‘tishdir. Amal uchun adolatli kurash, raqibni umridan judo qilishdan afzalroq".

Dana Uayt: "Payshanba kunni sabrsizlik bilan kutyapman. Donald Trampni Respublikachilar partiyasining milliy yig‘ilishida u haqida butun dunyoga qanday insonligi va do‘st ekanligi to‘g‘risida aytaman!".

Marlon Vera: "O‘q otgan Bayden kabi rasvo ekan".

Josh Tompson: "Jo Bayden siyosiy raqibiga qarshi hujumni qoralarmikan? Xonimlar va janoblar, popkorn olib o‘tiring, bizni qiziqarli media-sirk kutmoqda".

Yuraya Xoll: "Ular shu yo‘lga o‘tibdimi, Tramp aslida yaxshi yigit ekanligiga endi ishondim".

Jek Pol: "Yaratgan kimning g‘alaba qozonishini xohlashi endi ravshan bo‘lmadimi? Xudoning farishtalarini va tinchlik qutqaruvchilarini o‘ldirmoqchi bo‘lsang, ular ko‘payaveradi. Yaxshilik doim yomonlikni yengadi".

Ali Abdel-Aziz: "Ular Trampni bekor qilmoqchi bo‘ldi. Uddalay olishmadi. Ular qamoqqa tiqishmoqchi bo‘ldi. Uddalay olishmadi. Endi o‘ldirmoqchi bo‘ldi. Tramp 2024. Ish bitdi - amerikaliklarga mana qanday jangchi kerak".

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Konor MakGregor: "Tramp Pensilvaniyada o‘qlarni tupurib yubormoqda!"