18:00 / 04.08.2024
33

Pentagon 11 sentyabr terakti jinoyatchilari bilan kelishuvni bekor qildi

Pentagon 11 sentyabr terakti jinoyatchilari bilan kelishuvni bekor qildi
Foto: Reuters
2001 yil 11 sentyabrdagi terrorchilik xurujlarini uyushtirganlik ishi bo‘yicha uch sudlanuvchi bilan tuzilgan sudgacha kelishuv qisqa muddatli bo‘lib chiqdi, deya Euronews xabar berdi.

20 avgust kuni Pentagon rahbari Lloyd Ostin o‘z xizmat bayonotida mazkur qarori haqida ma’lum qilgan.

Unda Ostin bu ish bo‘yicha sudgacha kelishuvlar tuzish vakolatini Guantanamodagi harbiy sudda uning ko‘rib chiqilishini nazorat qilgan brigada generali Syuzan Eskaledan olib tashlaganini aytgan.

"Ushbu qaror uchun javobgarlik menda bo‘lishi kerak", deydi Ostin o‘z bayonotida.

Ayblanuvchi Xolid Shayx Muhammad va uning sheriklari Valid bin Attash va Mustafo Ahmad Adam al-Havsaviy bilan kelishuvga 31 iyul kuni erishilgan edi. Uchalasi ham o‘lim jazosini umrbod qamoq jazosiga almashtirish evaziga 3000 nafarga yaqin odamni o‘ldirish kabi barcha ayblovlarni tan olishga rozi bo‘lgan.

Amerika OAVlarning ta’kidlashicha, bunday kelishuv jarayonni keskin tezlashtiradi va sudgacha bo‘lgan ko‘p yillik jarayonlarga yakun yasaydi.

Biroq bitimning tuzilishi ko‘plab respublikachilar, jumladan, Vakillar palatasi va Senatdagi partiya yetakchilari – Mayk Jonson va Mitch Makkonnel, shuningdek, terakt qurbonlarining ko‘plab oila a’zolarining keskin tanqidiga sabab bo‘lgan. Jonson buni qurbonlarning yaqinlariga “tarsaki” deb atagan va AQSH vitse-prezidentligiga nomzod J.D.Vens Amerikaga “terrorchilar bilan muzokara olib boradigan emas, ularni yo‘q qiladigan” prezident kerakligini aytgan.

Ayblovga ko‘ra, aynan Xolid Shayx Muhammad Usama bin Ladenga terakt uyushtirishning bunday shaklini taklif qilgan, keyin esa xudkush-terrorchilarni shaxsan tanlab, ularga ko‘rsatma bergan. U 2003 yilda Pokistonda hibsga olingan va Guantanamo qamoqxonasiga yuborilgunga qadar Markaziy razvedka boshqarmasi qamoqxonalarida saqlangan.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Pentagon 11 sentyabr terakti jinoyatchilari bilan kelishuvni bekor qildi