Foto: O‘zbekistonning Turkiyadagi elchixonasi
Turkiyaning Anqara shahrida Alisher Navoiy haykali o‘rnatildi. Bu haqda O‘zbekistonning Turkiyadagi elchixonasi xabar berdi.
Qayd etilishicha, haykalning ochilish marosimi “Bir bo‘lsak — yagona xalqmiz, birlashsak — Vatanmiz!” shiori ostida bo‘lib o‘tayotgan O‘zbekiston Mustaqilligining 33 yilligi tadbirlari doirasida tashkil etildi.
Foto: O‘zbekistonning Turkiyadagi elchixonasi
“Dunyo” axborot agentligining ma’lum qilishicha, elchixona hamda Kechio‘ren tumani tashabbusi bilan o‘tkazilgan tadbirda, Turkiya Tashqi ishlari vazirligi, TURKSOY tashkiloti, Anqara shahri va tumanlari hokimliklari vakillari, oliy ta’lim muassasalari rektorlari, navoiyshunos va tilshunos olimlar hamda keng jamoatchilik ishtirok etdi.
Foto: O‘zbekistonning Turkiyadagi elchixonasi
Tadbirda nutq so‘zlagan elchi Alisher A’zamxo‘jayev Alisher Navoiy haykalining o‘rnatilishida hissa qo‘shganlar, jumladan, Kechio‘ren tumani hokimligi hamda Bashkent universiteti Alisher Navoiy tadqiqot markazi rahbari Abdurahmon Go‘zalga alohida minnatdorlik bildirdi.
“Bugungi kunga qadar Moskva, Dushanbe, Ostona, Tokio, Minsk, Shanxay, Seul va Boku shaharlarida Alisher Navoiy haykallari o‘rnatilgan. Binobarin, Anqarada buyuk ajdodimizning ulug‘vor haykalining ochilishi nafaqat bizlar uchun, balki Turkiyadagi barcha birodarlarimiz, hattoki butun turkiy dunyodagi qardoshlarimiz uchun katta sharaf ekaniga chin dildan ishonaman”, dedi elchi.
Qozog‘istonning Ostona shahrida Alisher Navoiy haykali ochilishi marosimi 8 avgust kuni, Shavkat Mirziyoyevning davlat tashrifi doirasida bo‘lib o‘tgandi. “Ishonchim komilki, Alisher Navoiy haykali ikki xalq o‘rtasidagi do‘stlik va qardoshlik rishtalarining yana bir yorqin ramziga aylanadi, uning merosi esa yana ko‘plab avlodlarni buyuk yutuqlarga ilhomlantiradi”, — degan edi O‘zbekiston prezidenti. “Zamin” yangiliklarini “Instagram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
“Hizbulloh” bir sutkada Isroilga qarshi 20 ga yaqin harbiy amaliyot o‘tkazdi
Qozog‘iston Ukraina atrofidagi vaziyat tufayli harbiy va fuqarolik obyektlari xavfsizligini kuchaytirdi
Zelenskiy Putin borasida bayonot berdi: “Tinchlikni istaganlar yuziga tupurmoqda”
Italiya sudi Quddus Isroil poytaxti emasligi haqida qaror chiqardi
2026 yilda bo‘lajak mundialning favoritlari reytingi taqdim etildi
Putin Ukrainadagi obyektga ballistik raketa zarbasi berilganini e’lon qildi
Befoyda va qimmat: shifokorlar tavsiya etmaydigan 5 turdagi biologik faol qo‘shimchalar
O‘mon sultonligi elchisi: «Urushlarni harbiy kuch bilan hal qilib bo‘lmaydi»