14:00 / 17.09.2024
25

Qozog‘iston To‘qayev va Sholsning matbuot anjumanini bekor qildi

Qozog‘iston To‘qayev va Sholsning matbuot anjumanini bekor qildi
Foto: Germaniya hukumati matbuot xizmati
Qozog‘iston tashabbusi bilan mamlakat prezidenti Qosim-Jo‘mart To‘qayev va Germaniya kansleri Olaf Sholsning qo‘shma matbuot anjumani boshlanishidan bir oz oldin bekor qilindi. Bu haqda Tagesspiegel xabar berdi.

Shols 15 sentyabr kuni Markaziy Osiyo mamlakatlari bo‘ylab safarini O‘zbekistonga tashrif bilan boshladi. 16 sentyabr kuni kansler Qozog‘istonga tashrif buyurdi va u yerda To‘qayev bilan ikki davlat o‘rtasidagi hamkorlik to‘g‘risidagi qo‘shma deklaratsiyani imzoladi.

Foto: Germaniya hukumati matbuot xizmati
To‘qayev va Sholsning dastlab rejalashtirilgan qo‘shma matbuot anjumani boshlanishiga oz qolganida Qozog‘iston tomoni tomonidan bekor qilindi. Kanslerning uch kunlik safaridagi birinchi bekati bo‘lgan O‘zbekistonda boshidanoq matbuotga birgalikda chiqish rejalashtirilmagandi”, deyiladi xabarda.

Natijada Shols jurnalistlar oldiga yolg‘iz o‘zi chiqqan. Matbuot anjumani yakunida undan Qozog‘iston tomonining qaroridan hafsalasi pir bo‘ldimi va bu qadamni nomaqbul deb hisoblaysizmi, deb so‘rashgan. Germaniya hukumati matbuot xizmati stenogrammasidan ma’lum bo‘lishicha, kansler bu savolga javob berishdan bosh tortgan.

Olaf Sholsning O‘zbekistonga tashrifi

Germaniya kansleri Olaf Shols Shavkat Mirziyoyevning taklifiga binoan 15 sentyabr kuni Samarqandga kelgandi. Tashrif davomida oliy darajadagi muzokaralar o‘tkazildi. Unda O‘zbekiston—Germaniya ko‘p qirrali hamkorligini yanada rivojlantirish masalalari ko‘rib chiqildi.

Muzokaralar yakunida Shavkat Mirziyoyev va Germaniya kansleri Olaf Shols Qo‘shma deklaratsiyani qabul qildi, 8 ta ikki tomonlama hujjat imzolandi. Bundan tashqari, 2024—2026 yillarga mo‘ljallangan Texnologik sheriklik va sanoat kooperatsiyasi dasturi qabul qilindi, shuningdek, O‘zbekiston va Germaniyaning yetakchi korxonalari darajasida bir qator bitim va shartnomalar tuzildi.

16 sentyabr kuni O‘zbekiston prezidenti va Germaniya kansleri ikki mamlakat ishbilarmon doiralari bilan uchrashuv o‘tkazdi. Shundan so‘ng ular qo‘shma Boshqaruv kadrlarini tayyorlash maktabini ishga tushirish marosimida ishtirok etdi.

Shavkat Mirziyoyev va Olaf Shols Samarqanddagi Kongress markazi xiyobonida birgalikda daraxt ham ekdi. Tashrif doirasida Olaf Shols Samarqanddagi Xalqaro turizm akademiyasini borib ko‘rdi.

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Qozog‘iston To‘qayev va Sholsning matbuot anjumanini bekor qildi
ePN