Foto: PA
Har qanday xorijiy kuchning Belarusga hujumi Uchinchi jahon urushining boshlanishidir. Bu haqda Belarus prezidenti Aleksandr Lukashenko ma’lum qildi.
“Men raqiblarimizni hamda hali ham tushunmayotganlarni ogohlantirmoqchiman. Bizga hujum qilish kerak emas. Belarusga hujum Uchinchi jahon urushidir”, dedi u.
Avvalroq Belarus mudofaa vaziri Viktor Xrenin Belarus va Ukraina chegarasida vaziyat keskinligicha qolayotganini aytgan edi.
Xreninning so‘zlariga ko‘ra, Ukraina tomonida ancha katta kontingent to‘plangan. Shu bilan birga, Ukraina Qurolli kuchlari doimiy ravishda razvedka ishlarini olib bormoqda va Belarus chegarasi dronlar tomonidan buzilmoqda.
11 sentyabr kuni Belarusda qo‘poruvchilarning mamlakatga hujumini oldini olish uchun xavfsizlik choralari kuchaytirilgani xabar qilingan edi. Respublika ichki ishlar vaziri Ivan Kubrakovning ma’lum qilishicha, chegara hududiga maxsus politsiya otryadi va ichki qo‘shinlarning maxsus bo‘linmalari joylashtirilgan, ularga dushmanning Belarus aholi punktlariga kirib kelishining oldini olish vazifasi yuklangan.
Lukashenko, shuningdek, Minsk va Tehron Yaqin Sharq hamda Yevropa mintaqasidagi keskin harbiy-siyosiy vaziyatni inobatga olgan holda birgalikda harakat qilishlari kerakligini ma’lum qilgan edi.
“Yaqin Sharqda, Belarus chegaralari yaqinida, Yevropa mintaqasida keskin harbiy-siyosiy vaziyat yuzaga kelganda bizga nafaqat maslahatlashuvlar, balki mamlakatingiz bilan birgalikdagi harakatlar ham zarur. Biz ko‘p qutbli dunyo tomon ketyapmiz. Bu juda qiyin yo‘l bo‘ladi. Yaxshi hamki, Eronda ham, boshqa mamlakatlarda ham buni yaxshi tushunishadi”, degan edi Belarus rahbari Eron Milliy xavfsizlik oliy kengashi kotibi Ali Akbar Ahmadian bilan uchrashuvda. “Zamin” yangiliklarini “Twitter”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
“Hizbulloh” bir sutkada Isroilga qarshi 20 ga yaqin harbiy amaliyot o‘tkazdi
Xalqaro jinoyat sudi Isroil bosh vaziri Netanyaxuni hibsga olishga order berdi
Husiylar Isroil aviabazasiga gipertovushli raketa bilan zarba berdi
Turkiya o‘zining birinchi kvant kompyuterini taqdim etdi
Metabolizm sekinlashganining belgilari
Superliga. OKMK safarda "Paxtakor"ni mag‘lub etdi va 11 yillik qora an’anaga chek qo‘ydi
Har payshanba jismoniy tarbiya va sport kuni sifatida belgilanadi
Josep Borrel: “Xalqaro jinoyat sudining Netanyaxuni hibsga olish bo‘yicha qarori ijro etilishi shart”