18:04 / 21.09.2024
53

Qozog‘iston koloniyasida mahbuslar isyon ko‘tardi

Qozog‘iston koloniyasida mahbuslar isyon ko‘tardi
Foto: RIA Novosti
Qozog‘iston janubidagi Turkiston viloyatidagi koloniyalardan birida mahbuslar qo‘zg‘olon ko‘tardi. Bu haqda respublika IIV Jinoyat-ijroiya tizimi qo‘mitasi xabar berdi.

“Turkiston viloyatidagi koloniyalardan birida mahkumlarning bir qismi qamoqda saqlash rejimiga norozilik bildirgan, mazkur holat yuzasidan Qozog‘iston Respublikasi Jinoyat kodeksining 428-moddasi 3-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan”, deyiladi xabarda.
Gap “Jazoni ijro etish muassasasi ma’muriyatining qonuniy talablariga bo‘ysunmaslik” moddasi haqida ketmoqda. Aybdor deb topilganlar o‘n yilgacha ozodlikdan mahrum etilishi mumkin.

Qo‘mitaning ma’lum qilishicha, hozirda koloniyadagi vaziyat barqarorlashtirilgan. Milliy gvardiyaning ikki askari va Jinoiy jazoni ijro etish boshqarmasining bir xodimi yengil tan jarohatlari olib, ularga tibbiy yordam ko‘rsatilgan.

Hozirda koloniyada qo‘mita raisi, rahbariyat, mahalliy bo‘lim va Milliy gvardiya xodimlari, shuningdek, nazorat organlari ish olib bormoqda.

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Qozog‘iston koloniyasida mahbuslar isyon ko‘tardi