
Foto: Getty Images
Sentyabr Ukrainadagi rus qoʻshinlari uchun eng halokatli oy boʻldi. Bu haqda AQSh armiyasining yuqori martabali vakiliga tayanib, The New York Times (NYT) gazetasi xabar berdi. Shu bilan birga, nashr suhbatdoshi rossiyalik harbiylarning yoʻqotishlariga oid aniq ma'lumotlarni ochiqlamagan.
Qayd etilishicha, AQSh va Britaniya tahlilchilari hisob-kitoblariga koʻra, Rossiya qoʻshinlari kuniga 1,2 ming harbiy xizmatchisidan ayrilgan — bu may oyida oʻrnatilgan maksimal koʻrsatkich atrofida. Ukrainada urush boshlanganidan beri Rossiya 600 mingdan ortiq harbiy xizmatchisini yoʻqotgan. Ularning 115 ming nafari oʻldirilgan va 500 ming nafari yaralangan.
AQSh, shuningdek, Ukraina tomoni ham katta yoʻqotishlarga duch kelganini prognoz qilmoqda. NYT suhbatdoshlaridan biri Ukraina Qurolli kuchlari tarkibida boʻlgan 57,5 ming harbiy xizmatchi oʻldirilgani va 250 mingdan ortigʻi yaralanganini aytgan.
Shunga qaramay, Rossiya 25-30 ming nafar yangi askarlarni jalb etmoqda — taxminan yana xuddi shunchasi jang maydonini tark etmoqda. Rasmiylarning soʻzlariga koʻra, bu Rossiya armiyasiga qoʻshinlarni Ukraina mudofaa pozitsiyalariga qayta va yana qayta yuborish imkonini beradi.
BBC rus xizmati «Mediazona» va volontyorlar jamoasi bilan birga 11 oktyabr kuni urush boshlanganidan beri qariyb 73 ming rossiyalik harbiy xizmatchi halok boʻlganini hisoblab chiqdi.
Avvalroq Rossiya armiyasidan Qozogʻistonga qochgan 6 nafar dezertir Evropa vizasini olgani toʻgʻrisida xabar berilgandi. Rossiyalik dezertirlarga Evropaga ketish imkoniyatini qoʻlga kiritishlarida qozogʻistonlik faollar, shuningdek, inson huquqlari himoyachilari yordam koʻrsatmoqda. “Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar