Foto: gov.kz
22 oktyabr kuni Samarqandda o‘tgan Qozog‘iston va O‘zbekiston hukumatlarining qo‘shma hududlararo forumida Mang‘istau viloyati hokimi Nurdaulet Qilibay Mang‘istau viloyati va O‘zbekiston o‘rtasidagi savdo-iqtisodiy aloqalarni kengaytirish bo‘yicha qator takliflar bilan chiqdi.
Mang‘istau va O‘zbekistonni bog‘laydigan avtomobil yo‘li qurilmoqda. Avtomobil qatnovi Qozog‘iston hududidagi «Tajen» bojxona postigacha amalga oshiriladi. Yaqinda Qoraqalpog‘iston markazidan mamlakat chegarasigacha bo‘lgan yangi avtomobil yo‘li foydalanishga topshirildi. Bu kelajakda Mang‘istau viloyati va O‘zbekiston o‘rtasidagi tovar ayirboshlash hajmini oshirish imkonini berishi qayd etildi.
Nurdavlet Qilibayning so‘zlariga ko‘ra, mintaqaning ulgurji bozorlaridagi oziq-ovqat mahsulotlari, sabzavot, meva va quruq mevalarning katta qismi O‘zbekistonning Buxoro, Samarqand, Nukus va Sirdaryo dalalaridan keltiriladi. «Tajen» bojxona posti orqali kuniga 250−300 ga yaqin fura o‘tadi, shundan o‘rtacha 25−30 fura Mang‘istau viloyatiga jo‘natiladi. Bu qariyb 11 ming tonna mahsulot degani.
Mang‘istau viloyati hokimi ikki mamlakat o‘rtasidagi savdo aloqalarini yanada kengaytirish maqsadida chegaradosh hududda «Xorgos» nomli boj olinmaydigan maxsus savdo zonasini tashkil etish taklifini bildirdi. Savdo-iqtisodiy zonaning ochilishi Mang‘istau viloyati va O‘zbekiston o‘rtasidagi tovar ayirboshlash hajmini 4 barobar oshirish imkonini berishi ko‘rsatib o‘tildi. “Zamin” yangiliklarini “Instagram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
“Hizbulloh” bir sutkada Isroilga qarshi 20 ga yaqin harbiy amaliyot o‘tkazdi
Xalqaro jinoyat sudi Isroil bosh vaziri Netanyaxuni hibsga olishga order berdi
Superliga. OKMK safarda "Paxtakor"ni mag‘lub etdi va 11 yillik qora an’anaga chek qo‘ydi
Turkiya o‘zining birinchi kvant kompyuterini taqdim etdi
Husiylar Isroil aviabazasiga gipertovushli raketa bilan zarba berdi
Har payshanba jismoniy tarbiya va sport kuni sifatida belgilanadi
Ramzan Qodirov G‘arb davlatlariga hujum qilishga chaqirdi: “Haqiqiy urush qandayligini his qilishsin”
Metabolizm sekinlashganining belgilari