
2023 yilda Angliya va Uelsdagi ota-onalar eng ko‘p o‘g‘illariga Muhammad va qizlariga Oliviya deb ism qo‘yishgan. Shu bilan birga, Oliviya nomi ketma-ket ikkinchi yil eng mashhur bo‘lib qoldi.
Muhammad ismi esa Noyni ortda qoldirib, ikkinchi o‘rindan ko‘tarildi. Bu ma’lumotlar Buyuk Britaniya Milliy Statistika boshqarmasi yillik hisobotida keltirilgan.
O‘g‘il bolalarning 100 ta eng yaxshi ismlari Muhammadning uch xil imlosini o‘z ichiga oladi. Ikkinchi va uchinchi variantlar 28 va 68-o‘rinlarni egallaydi. Muhammad ismi 2016 yildan beri kuchli 10 talikka kiradi. Statistika boshqarmasi ismning mashhurligi diniy kelib chiqishga ko‘ra ekanligini ta’kidlaydi.
2023 yildagi eng yaxshi 3 nafar qiz ismlari esa o‘zgarishsiz qolmoqda: Oliviya, Ameliya va Isla. Qizlarning eng mashhur o‘nta ismlari qatoriga Lili, Freya, Ava, Ivi, Florens, Villou va Izabella ham kirdi. O‘g‘il bolalar uchun eng yaxshi uchta ism endi shunday ko‘rinadi: Muhammad, Noy, Oliver. Kuchli o‘nlikka, shuningdek, Jorj, Leo, Artur, Lyuk, Teodor, Oskar va Genri kirdi. “Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar