To‘y arafasidagi janjal sudgacha yetdi: yigit ham, qiz ham jarimaga tortildi

Qashqadaryo viloyatining Qarshi tumanida to‘y arafasida bo‘lgan yigit va qiz o‘rtasida janjal kelib chiqdi. Oqibatda yigit qizga bir marta tarsaki tushirgan, qiz esa unga haqoratli SMS-xabarlar yuborgan. Har ikkisi ham sud tomonidan jarimaga tortildi.
Sud hujjatlariga ko‘ra, 2002 yilda tug‘ilgan qiz yigit tomonidan o‘tkazilgan tazyiq sababli avvalroq himoya orderi olgan. Shunga qaramay, ular Qashqadaryodagi yashash uyi oldida uchrashib, o‘zaro tortishib qolgan.
Janjal davomida yigit qizni haqorat qilib, yuziga bir marta tarsaki tushirgan. Shu tariqa u o‘ziga nisbatan rasmiylashtirilgan himoya orderi talablarini buzgan.
Voqeadan keyin qiz ham uyiga qaytib, jahl ustida yigitga uning sha’ni va qadr-qimmatini kamsituvchi so‘zlar yozilgan SMS-xabarlar yuborgan.
Sud majlisida har ikki tomon o‘z aybiga iqror bo‘lgan. Ular hozirda yarashib olganini va yaqin orada to‘ylari bo‘lishi kerakligini bildirib, suddan yengillik berishni so‘ragan.
Sud qaroriga ko‘ra, yigit himoya orderi talablarini buzgani uchun 1 million 320 ming so‘m, qiz esa haqoratli xabarlar yuborgani uchun 880 ming so‘m jarimaga tortilgan.
Obuna bilan reklama bo'lmaydi
Zamin Premium — oyiga 4 900 so'm
Mavzuga oid yangiliklar
































Izohlar0
…