Foto: Forbes
5 yanvardan boshlab engil avtomobil haydovchilari Nyu-Yorkning eng tirband hududlaridan biri — Manxettenga tigʻiz vaqtda kirish uchun 9 dollar toʻlashlari kerak boʻladi.
Rasmiylar bu orqali tirbandliklar kuzatiladigan mazkur hududda har kuni 80 mingga yaqin mashina harakatini kamaytirish niyatida.
Nyu-Yorkning eng gavjum maskaniga kirish narxi transport vositasining turi va kunning qaysi vaqti ekaniga bogʻliq. Engil avtomobillar uchun u kechasi 2,25 dollarni, tigʻiz vaqtda esa 9 dollarni tashkil etadi. Kichik yuk mashinalari va ayrim avtobuslar tigʻiz vaqtdagi harakat uchun 14,4 dollar, kechki vaqtda esa 3,6 dollar toʻlaydi. Shahar hukumatining rejasiga muvofiq, bu kabi tariflar 2028 yilgacha amalda boʻladi, keyin esa oshiriladi.
«Mazkur chora — serqatnov zonaga kirish uchun toʻlov — Nyu-Yorkdagi tirbandliklarga qarshi kurashishga qaratilgan. Uning maqsadi bitta — jamoat transport tizimini rivojlantirish uchun mablagʻ toʻplash», — deyiladi xabarda.
Shtat gubernatori Keti Xokul shaharda pulli kirish zonasini tashkil etish taklifini hukumatga ilk bor ikki yil oldin bildirgan edi. Transportda muntazam ishga qatnaydiganlar va mahalliy bizneslar shikoyati sabab reja bir necha bor qayta koʻrib chiqilgan, uning joriy etilishi qoldirilgan.
5 yanvardan ishga tushirilgan sxema 2024 yil iyunda taqdim etilgandi, ammo oʻshanda Xokul uni «Nyu-York aholisi uchun juda koʻp kutilmagan oqibatlar» sabab toʻxtatib qoʻygandi.
Tirbandliklar kuzatiladigan zonaga kirish uchun pul toʻlashga shahar taksistlar assotsiatsiyasi hamda AQShning saylangan prezidenti Donald Tramp ham qarshilik bildirgan. Tramp prezidentlik lavozimiga kirishganidan keyin ushbu sxemani yoʻqotishga va'da bergan.
INRIX kompaniyasi ma'lumotlariga koʻra, Nyu-York ketma-ket ikki yildan beri tirbandlik boʻyicha dunyoda birinchi oʻrinni egallab kelmoqda. Kompaniya hisobotida keltirilishicha, 2024 yilning birinchi choragi davomida Manxetten markazidagi avtomobillar tigʻiz vaqtda soatiga 17 kilometr tezlikda harakatlangan. “Zamin” yangiliklarini “Instagram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Daydi odam qanday qilib restoran egasiga aylandi?
Srechko Katanesdan "kuyganlar"...
Harbiy tahlilchi: “Ukraina kuniga 20 kvadrat kilometrgacha hudud yoʻqotmoqda”
Oʻzbekistonliklar eng koʻp qaysi mamlakat choyini ichishadi?
Yurak xurujining oldini olish uchun bir umrga tatigulik maslahatlar
Husanovning agenti Mirror nashriga Abduqodirning atrofidagi vaziyat haqida gapirdi
Dollar toʻla hamyonni onaxonga qaytargan serjant: “Egasini tuni bilan qidirdim”
Shu desangiz, ukam...(hajviya)