07:53 / 14.01.2025
113

Moderna kompaniyasi aktsiyalari narxi 21 foizga tushib ketdi

Moderna kompaniyasi aktsiyalari narxi 21 foizga tushib ketdi
Foto: Getty Images
Amerikaning Moderna Inc. biotexnologik kompaniyasi 2025 yilda 2,5 milliard dollargacha — oʻtgan yilga nisbatan va bozor kutilmalaridan kamroq foyda koʻrishni rejalashtirmoqda. Ushbu prognoz e'lon qilinganidan keyin Moderna aktsiyalari qiymati 13 yanvar kungi savdolarda 21 foizga tushib ketdi.

Kompaniya press-relizida ta'kidlanishicha, daromadning asosiy qismi yilning ikkinchi yarmida Spikevax va mRESVIA vaktsinalari hisobiga keladi.

FactSet tahlilchilar oʻrtasida oʻtkazgan soʻrov natijalarida keltirilishicha, kompaniyaning bu yilgi sotuvi taxminan 2,92 milliard dollarni tashkil qiladi.

2024 yilda Moderna’ning savdo hajmi, dastlabki ma'lumotlarga koʻra, 3-3,1 milliard dollarni tashkil etgan boʻlib, ularning 1,7 milliard dollari AQSh, qolgani esa chet el bozorlari hisobiga toʻgʻri kelgan.

Kompaniya oʻtgan yili operatsion xarajatlarni 2023 yilga nisbatan 25 foizga qisqartirgan va 2025 yilda 1 milliard dollar, 2026 yilda yana 500 million dollar tejashga erishish niyatida.

2024 yil oxirida Moderna balansidagi pul mablagʻlari va ularning ekvivalentlari hajmi 9,5 milliard dollarni tashkil etgan. Kompaniya joriy yil oxiriga borib ushbu koʻrsatkich 6 milliard dollarga boʻlishini kutmoqda.

Soʻnggi 12 oy ichida Moderna kapitalizatsiyasi 68 foizga tushib ketgan.

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo