18:26 / 15.01.2025
66

Tojikistondan 20 kgdan ortiq “opiy” moddasini olib oʻtgan shaxslar ushlandi

Tojikistondan 20 kgdan ortiq “opiy” moddasini olib oʻtgan shaxslar ushlandi
Ma'lum qilinishicha, Samarqand viloyatining Urgut tumanida yashovchi D.A. hozirda jinoyat ishining unga nisbatan qismi alohida ish yurituviga ajratib olingan shaxsning topshirigʻiga koʻra, Tojikistonning Soʻgʻd viloyati Panjikent tumaniga borib, narkosavdogardan avvaldan 100 ming dollarga sotib olishga kelishilgan 20 kilogramm 747 gramm opiy moddasi uchun 20 ming dollar bergan.

Soʻngra u giyohvandlik vositasini oʻzbek—tojik davlat chegarasiga yaqin boʻlgan joyga etkazib berishi kerakligini aytib, Oʻzbekistonga qaytgan.

Oradan bir kun oʻtib, D.A. oʻzining jinoiy sherigi boʻlgan Tojikiston fuqarosi S.M. bilan aylanma yoʻllar orqali Panjikent tumaniga borgan va kelishilgan manzilga narkokurerlar etkazib bergan opiy giyohvandlik vositasini qabul qilib olib, Oʻzbekiston hududiga qaytib oʻtgan vaqtlarida, qoʻlga olingan.

Holat yuzasidan qoʻzgʻatilgan jinoyat ishi doirasida olib borilgan tergov jarayonlarida ushbu noqonuniy ishga Urgut tumanida yashovchi J.R. ham aloqadorligi ma'lum boʻlgan.

Jinoyat ishlari boʻyicha Urgut tuman sudi tomonidan fuqarolar D.A. va S.M. Jinoyat kodeksining tegishli moddalarida nazarda tutilgan jinoyatlarni sodir etganlikda aybdor deb topilib, ularning har biri 16 yil 6 oy muddatga, fuqaro J.R. esa 16 yil muddatga ozodlikdan mahrum qilingan.

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo