Grenlandiya AQSh bilan mudofaa bitimini Daniya ishtirokisiz uzaytirish niyatida. Bu haqda hukumat koalitsiyasi partiyasining deputati Kuno Fenker ma'lum qildi. Shu bilan birga, uning ta'kidlashicha, Grenlandiya Daniya va EI bilan alohida bitim imzolashi mumkin.
«Bizda Daniyaning Qoʻshma Shtatlar bilan mudofaa bitimi bor. Uni qayta tiklashni istaymiz, ammo uni faqat Grenlandiya va AQSh oʻrtasida imzolash niyatidamiz», — deydi Fenker.
Uning ta'kidlashicha, Grenlandiya Daniya orqali boʻlsa-da, NATO a'zosi hisoblanishi, orolda esa AQShning harbiy ishtiroki mavjud.
«Daniya bizni mustamlaka qilib, grenlandiyaliklar uchun referendum oʻtkazmasdan oʻz tarkibiga qoʻshib olgan. Shu orqali Daniyaning de-fakto Grenlandiyaga qonuniy haqqi yoʻq», — deya ta'kidlaydi Fenker.
2024 yil dekabr oxirlarida Daniya harbiy idorasi rahbari dunyodagi eng katta orolning mudofaa xarajatlarini sezilarli darajada oshirish rejalari haqida e'lon qilgandi. Bu AQShning saylangan prezidenti Donald Tramp Grenlandiyani sotib olish niyatida haqida e'lon qilganidan keyin sodir boʻldi. U mazkur rejasini «milliy xavfsizlik va butun dunyo ozodligi» masalasi deb atagan. Grenlandiya savdo vaziri Naayya Natanielsen bunga javoban orol AQSh tarkibiga kirilishga intilmayotgani, biroq hukumat Vashington bilan bitim imzolashga tayyor ekanini ma'lum qilgandi.
Oʻz navbatida Grenlandiya bosh vaziri Mute Egede bir necha bor orol mustaqilligini qoʻllab-quvvatlagan va orol «sotilmaydi» dedi. Daniya bosh vaziri Mette Frederiksen qirollik yaxlitligini saqlab qolish istagini bildirdi, biroq orolning mustaqillikka intilishini «qonuniy va tushunarli» deb atadi. “Zamin” yangiliklarini “Telegram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar