Meksika AQShdan deportatsiya qilingan migrantlarni qabul qilmadi

1 daqiqa o'qish838
Meksika AQShdan deportatsiya qilingan migrantlarni qabul qilmadi
Meksika AQShdan noqonuniy migrantlarni olib kelayotgan harbiy transport samolyotini qabul qilishdan bosh tortdi. Bu haqda NBC telekanali manbalarga tayanib xabar berdi.

"Meksika AQSh harbiy samolyotiga qoʻnishga ruxsat bermadi. Bu esa Tramp ma'muriyatining migrantlarni mamlakatdan deportatsiya qilish rejalariga vaqtincha xalaqit berdi" deyiladi telekanal xabarida.

Shu bilan birga, Gvatemala migratsiya instituti mamlakatga ichida noqonuniy migrantlar boʻlgan birinchi samolyotlar AQShdan yetib kelganini ma'lum qildi.

“80 nafar gvatemalalik qaytib keldi: 31 ayol, 48 erkak va bitta hamrohsiz oʻsmir”, deyiladi bayonotda. Kelganlar roʻyxatga olindi, shundan soʻng ularga oziq-ovqat, kiyim-kechak, gigiyena toʻplamlari berildi, psixologik yordam koʻrsatildi, shuningdek, telefondan foydalanish imkoniyati berildi. Ayni damda ular Migrantlarga yordam koʻrsatish markazidagi boshpanaga joylashtirilmoqda.

AQSh prezidenti Donald Tramp ma'muriyati allaqachon noqonuniy migrantlarni sudsiz deportatsiya qilishga ruxsat bergan, shuningdek, oʻzidan avvalgi Jo Bayden tomonidan bekor qilingan “Meksikada qoling” dasturi qayta tiklanishi haqida e'lon qilgan edi.
Maqola sizga yoqdimi?

Obuna bilan reklama bo'lmaydi

Zamin Premium — oyiga 4 900 so'm

Izohlar0

…

  1. Futbol akademiyalari uchun Skaut: to‘lov, davomat va ota-ona bilan aloqa endi bitta tizimda
  2. Toshkentdan Amerikaga: Nurmuxammad Ismoilov Akinda orqali halol investitsiyani global miqyosga olib chiqmoqda
  3. Avtoservisingizni raqamlashtiring: Bip Business bilan mijozlarni yo‘qotmang
  4. Mashina oynasiga raqam yozish xavflimi? Bip haydovchilar uchun yangi yechim topdi!
  5. 8 ta keng tarqalgan moliyaviy xato: nimalardan saqlanish kerak?
  6. Playmatch: maydon egalari ishini ancha yengillashtiradi
  7. Playmatch: futbol o‘ynash uchun kerakli barcha xizmatlar bitta ilovada
  8. Kundalik xarajatlar uchun kartani qanday tanlash mumkin?
  9. Eldor Shomurodov futbol akademiyasi va TBC Bank: bolalik orzularidan katta futbolgacha
  10. ANORBANK Boʻstonliqdagi 168-son maktab-internat tarbiyalanuvchilarini tabrikladi
  11. Haydovchilar va tashuvchilar uchun OSGOP sug‘urtasining afzalliklari...
  12. Pure Milky’dan navbatdagi kreativ: Har qadam — aziz insonlarga mehr bilan!
  13. Kredit olish imkoniyatini oshirish uchun qayerda ishlash kerak?
  14. Biznes imkoniyatingizni kengaytiring
  15. Fanning rivojlanishiga barchamiz mas’ulmiz!
  16. XIV Toshkent xalqaro kinofestivali qanday o‘tkazilmoqda?