Bo‘lim boshlig‘i bir kunda ishga tiklandi

Sud hujjatlari ijrosini o‘z vaqtida va to‘liq ta’minlash, fuqarolarning qonuniy huquq va manfaatlarini tiklash borasida Majburiy ijro byurosi Muborak tuman bo‘limi tomonidan tizimli ishlar amalga oshirilmoqda.
Xususan, FIB Koson tumanlararo sudining 2026 yil 5 oktyabrdagi hal qiluv qaroriga asosan, da’vogarni avvalgi ish joyiga tiklash belgilangan.
Mazkur sud hujjatiga muvofiq, javobgar qo‘shma korxonaning ishdan bo‘shatish to‘g‘risidagi buyrug‘i g‘ayriqonuniy deb topilib, bekor qilingan hamda da’vogar fuqaroni Ish yuritish va hujjatlar bilan ishlash bo‘limi boshlig‘i lavozimiga qayta tiklash majburiyati yuklatilgan.
Ushbu ijro hujjati Byuroning Muborak tuman bo‘limi ish yurituviga kelib tushgach, ijro harakatlari tezkorlik bilan tashkil etildi. Natijada sud hujjati ijrosi atigi bir kun muddatda to‘liq ta’minlanib, fuqaroning mehnat huquqi tiklandi.
Ta’kidlash joizki, sud hujjatlarining o‘z vaqtida ijro etilishi qonun ustuvorligini ta’minlash, fuqarolarning buzilgan huquqlarini tiklash hamda odil sudlov samaradorligini oshirishda muhim ahamiyat kasb etadi.
Obuna bilan reklama bo'lmaydi
Zamin Premium — oyiga 4 900 so'm
Mavzuga oid yangiliklar

































Izohlar0
…