
Kosta Rika AQShdan oilasi bilan deportatsiya qilingan markaziy osiyolik va janubiy kavkazlik migrantlarning birinchi guruhini qabul qildi. Bu haqda Reuters'ga tayanib Daryo xabar berdi.
Noqonuniy migrantlarni qabul qilish Vashington bilan tuzilgan kelishuv doirasida amalga oshgan. Unga koʻra, 200 nafargacha deportatsiya qilinganlar Kosta Rikadagi migrantlarni saqlash markazida boʻladi. Muhojirlarga u erda bir oy qolishga ruxsat beriladi. Shu vaqt mobaynida rasmiylar ularning oʻz vatanlariga ixtiyoriy qaytishini muvofiqlashtiradi. Buni San-Xose aeroportida jurnalistlarga xavfsizlik vaziri oʻrinbosari Omer Badilla ma'lum qildi.

Foto: Reuters
Ularning aksariyati oʻz mamlakatlariga qaytishni xohlaydi, dedi Badilla va qaytishni istamaydiganlar ishi alohida koʻrib chiqilishini aytdi.
Kosta Rikaga kelganlar orasida Oʻzbekiston, Xitoy, Armaniston, Turkiya, Afgʻoniston, Rossiya, Gruziya, Vetnam, Ozarbayjon, Eron, Iordaniya, Qozogʻiston va Gana fuqarolari bor.

Foto: Reuters

Foto: AFP

Foto: AFP
Ular qayerda boʻlishidan qat'i nazar yordam koʻrsatiladi — TIV AQShdan deportatsiya qilinadiganlar haqida
Vazirlikka koʻra, Oʻzbekiston oʻz fuqarolarining vatanga xavfsiz deportatsiyasini ta'minlash uchun AQSh bilan yaqindan hamkorlik qilib kelmoqda. Oʻzaro kelishuvlarga asosan, Amerika tomoni deportatsiya qilinadigan fuqarolarining har bir holati haqida tezkorlik bilan xabardor qiladi. Oʻrnatilgan amaliyotga koʻra, fuqarolar vatanga Nyu York-Toshkent yoʻnalishi orqali qaytadi.
“OAVda Oʻzbekiston fuqarolarining boshqa davlatlarga deportatsiya qilinishi mumkinligi haqidagi ma'lumotlarni kuzatib boryapmiz. Ushbu masala yuzasidan diplomatik vakolatxonalarimiz Amerika tomonidan boshqa davlatlarga deportatsiya qilinishi mumkinligi haqida ma'lumot berishni soʻrab murojaat qildi. Bundan tashqari, bu borada Lotin Amerikasi davlatlari bilan diplomatik kanallar orqali ham aloqalar oʻrnatilgan”, dedi matbuot kotibi Ahror Burhonov.
AQSh 970 dan ortiq Oʻzbekiston fuqarosini deportatsiya qiladi
Deportatsiya qilinadigan Oʻzbekiston fuqarolari soni 975 kishini tashkil etmoqda. Immigratsiya va bojxona xizmati 2024 yil noyabr oyidagi hisobotni tadqim etdi. Umumiy hisobda, turli davlatlardan 1 445 549 nafar chet el fuqarosi chiqarib yuboriladi.
Ular hibsga olinmagan, biroq deportatsiya qilish boʻyicha yakuniy qaror qabul qilingan. Bundan tashqari, roʻyxatda allaqachon mavjud boʻlmagan davlatlar — SSSR va Yugoslaviya ham keltirilgan. Ushbu pasportlarga ega boʻlgan shaxslar aynan qaysi davlatga yuborilishi noma'lum.
Deportatsiya qilinadiganlar orasida Meksika (252 044), Gvatemala (253 413), Gonduras (261 651) va El-Salvador (203 822 kishi) etkachilik qilmoqda.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar