Nyu-Yorkning mashhur va diqqatga sazovor binosi bo‘lmish Empire State Building minorasi orqali AQShda o‘tgan saylov hisob-kitoblari to‘g‘ridan-to‘g‘ri translyasiya qilinmoqda. “Washington Post” gazetasida keltirilishicha, 103 qavatli baland minoraning janubiy oynalari ulkan ekranga aylantirilgan.
Yangi ma’lumot etkazilishi bilan u ekranda namoyon bo‘ladi. Hajmi 32 qavatga teng ekranda Donald Tramp va Hillari Klintonning portretlari aks etgan animasiyalar, #MyVote xeshtegi orqali ijtimoiy tarmoqlarga yuklangan fotosuratlar ham namoyish etilmoqda.
Osmono‘par binoda translyasiya qilish g‘oyasini Obscura Digital kompaniyasi “CNN” telekanali, Instagram tarmog‘i hamda CA Technologies kompaniyasi bilan hamkorlikda amalga oshirmoqda.
Qo‘shma shtatlarning 45-prezidenti rasmiy ravishda e’lon qilinganidan so‘ng, uning surati Manxetten ko‘chalarini yanada yoritadi.
Aholi bunday imkoniyat yaratilganidan mamnun. Sababi saylov natijalari e’lon qilinishini barcha onlayn ravishda kuzatib borishi mumkin.
“CNN” telekanali Nyu-Yorkdan tashqari, boshqa shtatlarda ham ana shunday translyasiyani yo‘lga qo‘ygan. Empire State Building displeyi Kolumbiya, Vashington, Kaliforniyada namoyish etiladi. “Zamin” yangiliklarini “Youtube”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
AQSHning G‘azodagi siyosatidan norozi Davlat departamenti rasmiysi iste’foga chiqdi
Lukashenko G‘arbga tahdid bilan chiqdi
Mariya Zaxarova ukrainaliklarni Amerika hindulariga o‘xshatdi
Global Janub kimniki?
Ispaniya va Gretsiya Kiyevga Patriot tizimlarini yetkazib berishdan bosh tortdi
Ruslar Abrams tanklarining zaif tomonini topishdi
Piyoda yurish va bog‘dorchilik bilan shug‘ullanish depressiyaga chalinishni 23 foizga kamaytiradi
Zoir Mirzayev “Telefonsiz maktab”ga 300 mln so‘m mukofot berdi