date
views 120

Floyd Meyvezer bankrot bo‘ldimi? Boks afsonasi jurnalistning xabarini rad etdi

Floyd Meyvezer bankrot bo‘ldimi? Boks afsonasi jurnalistning xabarini rad etdi
Taniqli amerikalik jurnalist Stiven Ey Smit o‘zining so‘nggi chiqishida dunyo tarixidagi eng boy bokschilardan biri Floyd Meyvezer moliyaviy jihatdan to‘liq bankrot bo‘lganini ma’lum qildi. Bu xabar sport olamida katta shov-shuvga sabab bo‘ldi.

Jurnalistning bildirishicha, yaqinda Floyd Meyvezer Nyu-York shahridagi ko‘chmas mulk loyihasiga 402 million dollar mablag‘ kiritgan. Biroq bu sarmoya firibgarlik sxemasi bo‘lib chiqqan va natijada bokschi katta miqdorda zarar ko‘rgan. Ma’lum qilinishicha, bu holat barcha davrlarning eng boy bokschisi sifatida tan olingan Meyvezerning moliyaviy holatiga jiddiy ta’sir o‘tkazgan.

Biroq mashhur Sportico portali ma’lumotlariga ko‘ra, Floyd Meyvezerning boyligi hozirgi vaqtda 1,15 milliard dollarga teng. Bu ko‘rsatkich uning butun faoliyati davomidagi turli musobaqalar va tijorat shartnomalaridan olingan daromadlari hisobidan shakllangan.

Shuningdek, GiveMeSport nashri 2025 yil boshida Meyvezerning umumiy faoliyat davomidagi daromadlarini 400 million dollar deb baholagan. Ushbu reytingda Floyd birinchi o‘rinni egallagan bo‘lsa, afsonaviy Jorj Forman ikkinchi, meksikalik mashhur bokschi Saul «Kanelo» Alvares esa uchinchi o‘rinni band etgan. Shuningdek, bu ro‘yxatda ukrainalik Aleksandr Usik ham mavjud bo‘lib, u 6-pog‘onadan joy olgan.

Floyd Meyvezer esa jurnalistning uning bankrot bo‘lganligi haqidagi xabarlariga o‘ziga xos tarzda javob qaytardi: «Men hali ham nafas olayotganim uchun sizning olgan maoshingizdan ko‘proq pul ishlayman», — dedi bokschi.

Shuningdek, u o‘zining moliyaviy ahvolini tasvirlab: «Agar ikkita xususiy samolyotga egalik qilish, 100 dan ortiq ko‘chmas mulklarga sohib bo‘lish va hayotda to‘liq erkinlik bankrotlik hisoblansa, unda hammani mening izimdan yurishga chaqirib qolaman», — deb keskin va aniq javob berdi.

Ekspertlar va muxlislar hozirda bu ikki qarama-qarshi ma’lumotlar o‘rtasidagi haqiqatni izlamoqda va vaziyat rivojini diqqat bilan kuzatib borishmoqda.
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Floyd Meyvezer bankrot bo‘ldimi? Boks afsonasi jurnalistning xabarini rad etdi