Butunjahon banki Serra-Leonega ebola oqibatlaridan tiklanish uchun 160 mln dollar mablag‘ ajratdi

Butunjahon banki Serra-Leonega ebola oqibatlaridan tiklanish uchun 160 mln dollar mablag‘ ajratdi
Butunjahon banki Serra-Leonega ebola oqibatlaridan tiklanish uchun 160 mln dollar mablag‘ ajratdi

Butunjahon banki Serra-Leonega ebola oqibatlaridan tiklanish uchun 160 mln dollar mablag‘ ajratdi. Bu haqda «NDTV»ga asoslanib «Kun.uz» xabar bermoqda.

Xabarda aytilishicha, bu qaror haqida Butunjahon bankining rahbari Jim En Kim ma’lum qilgan.
Bu mablag‘ Serra-Leone shaharlaridagi infratuzlimani yaxshilashga, shifoxonalar modernizatsiyasiga hamda shaharlarga kanalizatsiya tarmoqlari o‘rnatilishi uchun yo‘naltiriladi.

Qayd etib o‘tish mumkin, kecha AQSh prezidenti Barak Obama ham davlat Kongressiga Serra-Leone, Liberiya va Gvineyada ebola oqibatlarini bartaraf etish uchun 6,2 milliard yordam ajratilishini so‘rab murojaat qilgan edi.

Foto: Kun.uz

Izohlar 0

Mavzuga oid yangiliklar