Yevropa futbol muhitida kutilmagan voqealar jamoalar hayotida sezilarli o‘zgarishlarga sabab bo‘lmoqda, deb xabar berdi Irish Mirror. Yaqinda Irlandiyaning “Kerri” klubi safida boshidan kechirilgan voqea mahalliy sport jamoatchiligini ham larzaga soldi.
Ma’lumotlarga ko‘ra, Zimbabve milliy terma jamoasi himoyachisi Takudzva Marudzu Irlandiyaga yetib kelgach, mahalliy supermarketdan oziq-ovqat o‘g‘irlash bilan bog‘liq noxush voqeaga aralashib qoldi. Klub rahbariyati bu holatni jiddiy ko‘rib chiqdi va jamoa imijiga putur yetkazmaslik maqsadida futbolchi bilan shartnomani bekor qilish to‘g‘risida qaror qabul qildi.
E’tiborlisi, mazkur holatda Takudzva Marudzuga yordam bergani aytilgan madagaskarlik yosh darvozabon ham jamoadan chetlatildi. Klub pozitsiyasiga ko‘ra, “Kerri” faqat yosh va iste’dodli emas, balki intizomli va halol futbolchilar bilan hamkorlik qilishni ustuvor vazifa deb hisoblaydi.
21 yoshli Marudzu klub uchun haqiqiy topilma bo‘lib ko‘ringan edi — u ilgarilari Angliyaning “Xaddersfild” jamoasi safiga ham qo‘shilgan, Zimbabve milliy terma jamoasi tarkibida Jahon chempionati saralashida ishtirok etgan tajribali himoyachi hisoblanadi. Ammo futbolchi erishgan yutuqlar, afsuski, uning shaxsiy intizomsizligini oqlamadi.
Ushbu voqea nafaqat klub, balki irlandiyalik muxlislar orasida ham turli fikrlarga sabab bo‘ldi. Ayrimlar yosh futbolchilarning yangi mamlakatga moslashishi oson bo‘lmasligini ta’kidlasa, boshqalar yoshlar har qanday vaziyatda ham qonunga itoat etishlari lozimligini uqtirishmoqda.
Qanday bo‘lmasin, “Kerri” klubi shundan xulosa chiqarib, tarkibni faqat mahoratga emas, balki insoniy fazilat va to‘g‘ri xulq-atvorga asoslab shakllantirishini ma’lum qildi. Bu esa yevropalik jamoalardagi intizom va axloq mezonlarining tobora muhim ahamiyat kasb etib borayotganini yana bir bor tasdiqlaydi.
Yana bir bor tasdiqlandiki, futbol — bu faqat o‘yin va natija emas, balki insoniy qadriyatlar va hurmat ham bosh o‘rinda bo‘ladi.
Irlandiyada “ovqat mojarosi”: klubdan haydalgan afrikalik futbolchilar...
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Mavzuga oid yangiliklar