Vetnamda kuchli bo‘ron yaqinlashayotgani bois 586 mingdan ortiq odam o‘z uylarini tark etishga majbur bo‘ldi. Dushanba kuni ertalab bo‘ron mamlakat qirg‘oqlariga yetib kelishi kutilmoqda. Hozirda shamol tezligi soatiga 166 kilometrni tashkil etmoqda va yanada kuchayishi mumkin.
Eng katta xavf Vetnamning markaziy viloyatlarida kuzatilmoqda. Shu sababli bu hududlarda aholiga uylarini tark etish buyurildi, samolyot reyslari bekor qilindi va kemalarga dengizga chiqish taqiqlangan.
Bo‘ron Xitoyning Xaynan oroli yaqinidan o‘tmoqda va bu yerda 320 millimetrgacha yomg‘ir yog‘ishi taxmin qilinmoqda. Vetnamda esa 300–400 millimetr yomg‘ir yog‘ishi va shamol tezligi 200 km/soatgacha yetishi mumkin. Shuningdek, dengizda 2–4 metr balandlikdagi to‘lqinlar kutilmoqda.
Rasmiylar yakshanba kuni 14:00 dan keyin odamlarni tashqariga chiqmaslikka chaqirdi. Harbiylar fuqarolarga yordam berish uchun jalb qilindi. Mutasaddilar bo‘ronni “o‘ta xavfli” deb atab, baliqchilik, turizm va boshqa faoliyatlar uchun mutlaqo mos emasligini aytmoqda.
Vetnam Airlines kamida 22 ta reysni bekor qildi. Mutaxassislar bu safargi tayfun o‘tgan yili yuz bergan bo‘ron kabi katta talafotlar keltirib chiqarishi mumkinligidan xavotirda. O‘sha vaqtda Vetnamda 300 kishi halok bo‘lgan edi.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Mavzuga oid yangiliklar