date

Tyanszin sammitida Xitoy va Armaniston yangi strategik sheriklik boshladi

Tyanszin sammitida Xitoy va Armaniston yangi strategik sheriklik boshladi

Tyanszin shahrida o‘tkazilgan Shanhay hamkorlik tashkiloti (SHHT) sammiti doirasida Xitoy va Armaniston o‘rtasida muhim kelishuv imzolandi. Qo‘shma bayonotda ikki davlat strategik hamkorlikni yo‘lga qo‘ygani e’lon qilindi hamda Tayvan Xitoyning ajralmas qismi ekani alohida ta’kidlab o‘tildi.

Armaniston hukumati matbuot xizmati xabariga ko‘ra, sammit doirasida bo‘lib o‘tgan uchrashuvda ikki davlat o‘rtasida tarixiy ahamiyatga ega yangi bosqich boshlandi. Armaniston bosh vaziri Nikol Pashinyan SHHT+ formatidagi yig‘ilishlarda qatnashib, XXR raisi Si Jinping bilan uchrashdi. Muzokaralarda fan, ta’lim, madaniyat, turizm, axborot va metrologiya kabi sohalarda hamkorlikni chuqurlashtirish zarurligi qayd etildi.

Pashinyan Armanistonning SHHT a’zoligiga qiziqishi va bu yo‘nalishda hamkorlikni yanada kengaytirish niyatini tasdiqladi. Tomonlar SHHT maydonida birgalikdagi harakatlarni kuchaytirish va yangi loyihalarni amalga oshirish bo‘yicha kelishib oldi.

Armaniston hukumati tarqatgan ma’lumotda qayd etilishicha, Si Jinping Xitoyning Armaniston Respublikasining siyosiy mustaqilligi, suvereniteti va hududiy yaxlitligini qat’iy qo‘llab-quvvatlashini bildirdi. Shuningdek, Xitoy Armaniston hukumatining «Dunyo chorrahasi» tashabbusini hamda mintaqaviy kommunikatsiya yo‘llarini ochish va rivojlantirishga to‘liq himoya va ko‘mak berishini ma’lum qildi.

Shu tariqa, Tyanszindagi sammit Xitoy va Armaniston munosabatlarida yangi sahifani ochib berdi va kelgusida ikki davlat aloqalari yanada mustahkamlanishiga zamin yaratdi.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Tyanszin sammitida Xitoy va Armaniston yangi strategik sheriklik boshladi